Get Mystery Box with random crypto!

Dehqonobod uz

Telegram kanalining logotibi dehqonobod_uz — Dehqonobod uz D
Telegram kanalining logotibi dehqonobod_uz — Dehqonobod uz
Kanal manzili: @dehqonobod_uz
Toifalar: Yangiliklar
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 309
Kanalning ta’rifi

Dehqonobod tumanining yangiliklaridan va turli xil foydali ma'lumotlar, postlarni sizlar bilan ulashib boramiz va turli masalalarni birga tahlil qilamiz.Tumanimizdagi reklamalar va rasmiy ma'lumotlar olasiz✔️
👨🏻‍💻 Murojaat!
📩 @Dehqonobod_uz_admini

Ratings & Reviews

5.00

1 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

1

4 stars

0

3 stars

0

2 stars

0

1 stars

0


Azizbek_Yusupov
Azizbek_Yusupov

Dehqonobod


Oxirgi xabar 2

2023-01-10 07:03:17



Bugundan havo harorati keskin pasayishi kutilmoqda. Bunday 3-4 kunlab -20 C ga yaqin boʻladigan havoni hali biz koʻrmaganmiz. Allohdan buni balo emas, baraka boʻlishini soʻragan holda, men bir shaxs, oila boshi va kompaniya rahbari sifatida quyidagi choralarni koʻrishni toʻgʻri deb bilaman:

Uyimiz romlari chetini skochlab chiqdim. Maqsad - issiqlikni maksimal darajada uyda ushlab qolish va energiya sarfini qisqartirish.

Eng koʻp foydalanadigan xonalardan tashqari hamma xonalarni batareyalarini oʻchirib qoʻydim. Hatto bolalarimni ham bir xonada 2 kishi emas, 3-4 kishi boʻlib uxlashlariga sharoit yaratdim. Ortiqcha xonalarga elektr va gazni sarflamaslik maqsadida.

Xonalarda yoqiladigan elektr va chiroqlarni minimal, oʻta zarur paytlarda ishlatish.

Hamkasabalarimga 4-5 kun ishga chiqmasdan, oʻz uylaridan, onlayn ishlashga ruxsat berdim. Agar koʻp qor yogʻib, yoʻllar sirpanchiq boʻlsa, hayotlarini xafv ostiga qoʻymasliklari uchun. Bosh ustiga, ishxonada isitish va yoritishga ketadigan elektr va gaz sarfi ham tejaladi.

Hovlidagi suv quvurlaridagi suvlarini tushirib, boʻshatib quydim, yorilib ketmasligi uchun.

Kelayotgan kunlar hammamiz uchun sinovdir. Bunday anomal sovuq kunlardan faqat birgalikda choralar koʻrgan holda eson-omon oʻtib olamiz, Xudo xohlasa.

Har kim faqat oʻzini oʻylasa, uyida elektr isitgich va konditsionerlarni yoqib olaman desa, hammamiz gaz va elektrsiz qolishimiz mumkin. Shuning uchun kollektiv ma’suliyatni anglagan holda, 4-5 kunda oʻtib ketadigan sinovli kunlarda har bir shaxs, har bir oila tejamkorlik rejimiga oʻtishimiz maqsadga muvofiq.

In shaa Allox bu kunlardan ham eson-omon oʻtib olamiz.


Murodxon Nazarov

Kanalimiz!

@Dehqonobod_uz
1.6K views04:03
Ochish/sharhlash
2023-01-10 06:22:46


Dehqonobod tumani uchun bir haftalik(10.01.2023 dan 16.01.2023 gacha) ob-havo ma'lumoti. Hafta davomida harorat-20 balki undan ham sovuq bo‘lishi mumkin. Barcha yaqinlarga xabar bering



Kanalimiz!

@Dehqonobod_uz
1.7K viewsedited  03:22
Ochish/sharhlash
2023-01-10 06:12:16
#ob_havo

10 - yanvar, haftaning Seshanba kuni uchun ob-havo ma’lumoti.

Kechasi -16 gradusgacha sovuq bo‘ladi.

Boshlangan kun xayrli va barokatli boʻlsin!



Kanalimiz!

@Dehqonobod_uz
1.3K views03:12
Ochish/sharhlash
2023-01-10 06:01:30
Assalomu alaykum qadrdonim. Muborak tong hayrli bo'lsin

Allohim tongingizni nurafshon, ko‘nglingizni xotirjam, chehrangizni nurli qilsin. Tanangizni salomatlik, yuzingizni esa tabassum bezab tursin!!

𝐊𝐚𝐧𝐚𝐥𝐢𝐦𝐢𝐳!
@Dehqonobod_uz
1.3K viewsedited  03:01
Ochish/sharhlash
2023-01-10 04:36:02


Qonunchilikka ko'ra:

daromadi yuqori bo'lmagan va uy-joy sharoitlarini yaxshilashga muhtoj fuqarolarga ipoteka krediti bo'yicha subsidiyalarni to'lashda kvartira maydonining eng ko'p me'yorini belgilash amaliyoti bekor qilingan;

dastlabki badalning bir qismini qoplash uchun subsidiyalar – qat'iy belgilangan 32 million so'm miqdorida, foiz to'lovlarining bir qismini qoplash uchun subsidiyalar – birinchi 5 yil davomida 10 foizdan oshgan qismiga to'lanadi;

subsidiyalar sotib olinayotgan kvartiraning narxi ipoteka kreditining eng ko'p miqdoridan oshgan taqdirda ham to'lanadi. Bunda, kvartiraning narxi ipoteka kreditining eng ko'p miqdoridan oshgan taqdirda, qiymatning qolgan qismi qarz oluvchi tomonidan o'z mablag'lari hisobidan to'lanadi;

fuqarolarga ipoteka kreditini olishda, birgalikda qarz oluvchi sifatida ular bilan birga yashamayotgan va yaqin qarindoshi bo'lmagan boshqa shaxslarni ham jalb qilish huquqiga ega.



Kanalimiz!

@Dehqonobod_uz
136 views01:36
Ochish/sharhlash
2023-01-09 19:18:16
Davomli yogʻinlar...

10-yanvar kunduz kuni ham respublikaning koʻplab viloyatlarida yogʻin (qor) saqlanadi.

Kartada 10-yanvar soat 00:00 dan 11-yanvar soat 00:00 gacha respublikadagi yog‘ingarchilik tasvirlangan. Qor yogʻishi kutilayotgan hududlar aks etgan koʻk rangda aks etgan.



Kanalimiz!

@Dehqonobod_uz
1.8K views16:18
Ochish/sharhlash
2023-01-09 16:41:55

Butun Respublika boʻylab anomal sovuq ob-havo kirib kelishi munosabati bilan barcha xodimlarni vaqtincha masofadan ishlashga oʻtkazish masalasi muhokama qilinmoqda!

Bugun davlat tashkilotlarini toʻliq onlayn ish rejimiga oʻtkazish toʻgʻrisida yakuniy qaror qabul qilinishi mumkin...



Kanalimiz!

@Dehqonobod_uz
2.3K views13:41
Ochish/sharhlash
2023-01-09 08:18:49


Telefon saqlash uchun eng xatarli joylar. Barchani xabardor qiling! Hech qachon telefonni bunday olib yurmang!

Shimning orqa cho'ntagi.
Shimning oldingi cho'ntagi.
Ko'krak qafasidagi cho'ntak.
Qo'ng'iroqqa javob berayotganda telefon teriga tegmasligi kerak.
Issiqlik manbai yaqinida.
Bolalar aravachasida.
Yostiq ostida yoki yonida.

Telefon – o'zidan doimiy tarzda elektromagnit nur taratib turuvchi qurilma bo'lib, uni istalgan joyda qoldirish mumkin emas. Bu nafaqat salomatlik uchun xatarli, balki texnik nosozliklarni ham yuzaga keltiradi.

Kanalimiz!

@Dehqonobod_uz
1.7K views05:18
Ochish/sharhlash