Get Mystery Box with random crypto!

​​​​​​Assalomu alaykum, hurmatli dehqonobodliklar, aziz tuman | Деҳқонобод 24 ✔️

​​​​​​Assalomu alaykum,
hurmatli dehqonobodliklar,
aziz tumandoshlar!


Siz azizlarni, Siz orqali barcha yurtdoshlarimizni mustaqilligimizning 31 yilligi bilan chin qalbdan muborakbod etaman.

Bilasiz, mustaqillik — ota-bobolarimiz orzu qilgan eng buyuk neʼmat! Ana shu neʼmatga erishish uchun qanchadan qancha qahramonlar oʻtdi. Ular yurt mustaqilligi uchun jon fido qildi. Shukurki, ularning saʼy-harakati bilan Oʻzbekiston mustaqillikka erishdi.

Jonajon Oʻzbekistonimiz mustaqilligining 31 yilligi davomida dunyo hamjamiyati bilan boʻylashdi. Har bir sohada yutuq va muvaffaqiyatlarni qoʻlga kiritdi. Va rivojlanishda davom etmoqda. Bunda esa Siz azizlarning beqiyos hissangiz bor. Buning uchun Sizga tashakkur izhor qilamiz, albatta.

Fursatdan foydalanib, Siz va oilangizni, tumandoshlarimizni, barcha-barchani hurligimizning 31 yilligi munosabati bilan yana bir bor tabriklayman.

Barchangizga sihat-salomatlik, oilaviy baxt va omad yor bo‘lsin!
Farzandlar, nabiralar kamolini ko‘rib yurish hammamizga nasib etsin!
Go‘zal va betakror yurtimiz hamisha tinch va farovon bo‘lsin!
Mehnatkash va oliyjanob, bag‘rikeng xalqimiz doimo sog‘-omon bo‘lsin!
Yaratganning o‘zi barchamizni panohida asrasin!

Bayram barchamizga muborak!

Hurmat bilan, Dehqonobod tumani hokimi Zoir Aliqulov.

Kanalimiz: Dehqonobod 24