Get Mystery Box with random crypto!

Ba'zan odamlar konsultatsiyalar(shifokor ko‘rigi,logoped ko‘ri | Дефектолог кундалиги

Ba'zan odamlar konsultatsiyalar(shifokor ko‘rigi,logoped ko‘rigi ) qimmatligidan nolishadi.

Keling tahlil qilib ko‘raylik. Poytaxtda xususiy klinikalarda o‘rtacha konsultatsiya 100 ming so‘m atrofida.Viloyatlarda undan ancha arzonroq ham! Sifatli futbolka sotib olaman desangiz 100 mingdan ko‘p sarflaysiz, bir marta choyxonada o‘rtoqlar bilan maza qilib o‘tiraman desangiz 100 ming dan ko‘p sarflaysiz. Haqli savol tug‘uladi. Sog‘ligimiz uchun 100 ming(so‘mda aytyapman) sarflay olmaymizmi? To‘y, mashina va uy-joy uchun 50-100 millionlab topgan, sog‘lik uchun 100 ming so‘m topilmaydimi?

Endi tangani ikkinchi tomoni qaraymiz. Bir inson yaxshi mutaxassis bo‘lish uchun qancha umrini sarflaydi deb o‘ylaysiz? Eng kamida 10 yil, konsultatsiya esa 100 ming so‘m(yiliga 10 ming so‘mdan to‘g‘ri kelar ekan). Endi sizga bir savol bermoqchiman. Bir kasbni egallash uchun 10 yil umringizni sarflarmidingiz?Yuz millionlab pulingiznichi?Infeksiya ichida ishlashchi?Hammani dardini eshita olasizmi?(bir kunda kamida 10 ta insonning). Ha desangiz siz qahramonsiz. Chunki ha deyishni o‘zi ham bir jasorat aslida.

Sog‘lik uchun vaqtida pul ajratmasangiz, keyin kech bo‘lishi va milliardlar(dollarda aytyapman) ham yordam bermasligi mumkin.

Bu dunyoda eng buyuk ne'mat bu sog‘lik. Shunday ekan uni ko‘z qorachig‘iday asraylik!

Dildora Baxodirovna