Get Mystery Box with random crypto!

Yana bir yangilik, keyingi hafta, 22-dekabr, soat 11:00da, Tos | DeCoder

Yana bir yangilik, keyingi hafta, 22-dekabr, soat 11:00da, Toshkent Shahridagi Inha Universitetida mohirdev jamoasi bilan uchrashuv o'tkazamiz.

Uchrashuvga men ham kelaman, jonli, zoomda emas (so'raydiganlar topiladida shuniyam).

Juda koʻp qiziq mavzularda suhbat qilamiz va sizni qiziqtirgan savollarga javob beramiz.

Bu safar maxsus mehmonimiz Mohinur Abdurahimova, yaqinda bo'lib o'tgan Open Data Challenge 2021 xakaton sovrindori, Sun'iy Intellekt yo'nalishida ishlaydigan yosh olima, ayollarning Axborot Texnologiyalaridagi o'rni haqida gapiradi. Shuning uchun ayol-qizlarimizni ham tadbirda faol ishtrok etishlarini so'raymiz.

Tadbirda qatnashish uchun ro'yxatdan o'tishga link @mohirdev kanalida e'lon qilinadi.

p.s. Tadbir bepul (aniq bitta "aqlli" so'raydi shuni ).

Demak, 22-Dekabr, 11:00, Inhada ko'rishguncha.