Get Mystery Box with random crypto!

#Adliya_xabari Davlat xizmatlari markazlariga keluvchilarnin | Davlat xizmatlari yangiliklari

#Adliya_xabari

Davlat xizmatlari markazlariga keluvchilarning 90 foizi rozi – so‘rovnoma natijasi

Adliya vazirligi, Yevropa itifoqi hamda BMT Taraqqiyot dasturining “Oʻzbekistonning qishloq hududlarida davlat xizmatlari koʻrsatishni yaxshilash va boshqaruv tizimini takomillashtirish” loyihasi doirasida “PricewaterhouseCoopers” xalqaro kompaniyalar tarmog‘i tomonidan Davlat xizmatlari markazlari faoliyati o‘rganildi.

“PricyewaterhouseCoopers” (PwC) konsalting va audit sohasida xizmat ko‘rsatuvchi kompaniyadan biri bo‘lib, 160 yildan ortiq vaqt davomida faoliyat ko‘rsatib keladi.

Kompaniyaning bosh qarorgohi Londonda joylashgan va bugungi kunda dunyodagi eng yirik to‘rtta auditorlik kompaniyalaridan biri hisoblanadi.

O‘rganish suhbatlar, anonim so‘rovlar va “sirli mijoz” murojaatlari shaklida o‘tkazilib, unga Davlat xizmatlari markazlarining 100 dan ortiq xodimlari hamda 200 ga yaqin respondentlar jalb etildi.

Olingan natijalarga ko‘ra 81 foiz foydalanuvchilar Davlat xizmatlari markazlari xodimlarining sifatli xizmat ko‘rsatishlariga guvoh boʻlganliklarini, aksariyat “sirli mijoz”lar esa navbat kutmasdan darhol maslahat olganliklarini bildirib o‘tganlar. Kutishga to‘g‘ri kelgan holatlar uzog‘i bilan 15 daqiqani tashkil etganligi qayd etilgan.

Fuqarolarning katta qismi, ya’ni 90 foizi ko‘rsatilayotgan xizmatlardan qoniqish hosil qilib, faoliyatni a’lo baholar bilan baholashgan.

Kanalga ulanish
https://t.me/davxizmat