Get Mystery Box with random crypto!

#Xizmatlar Yana bir yangi xizmat ishga tushdi Endilikda, y | Davlat xizmatlari yangiliklari

#Xizmatlar

Yana bir yangi xizmat ishga tushdi

Endilikda, yoʻqolgan ashyolarni Davlat xizmatlari markazlariga topshirish va saqlash hamda yoʻqolgan ashyolarni qidirish xizmatidan foydalanishingiz mumkin.

Avval xabar berganimzdek, “Yoʻqolgan ashyolarni qabul qilish, saqlash va egalariga qaytarish yoki tegishli davlat tashkilotlariga topshirish tartibini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Hukumat qarori (28-son, 18.01.2022-y.) qabul qilingandi.

Qarorga koʻra, yoʻqolgan ashyoning topilmaganligi haqida maʼlumotnoma berish uchun Markazlarga murojaat etilganda BHMning 5 foizi, Yagona portal orqali murojaat etilganda 4 foizi, “Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimida roʻyxatga olingan shaxslar hamda I va II guruh nogironligi boʻlgan shaxslar uchun BHMning 2 foizi miqdorida yigʻim undiriladi.

Xizmatdan foydalanish tartibi bilan batafsil infografika orqali tanishishingiz mumkin.