Get Mystery Box with random crypto!

#Bilasizmi Katta hajmli va og‘ir vaznli yuklarni avtomobil t | Davlat xizmatlari yangiliklari

#Bilasizmi

Katta hajmli va og‘ir vaznli yuklarni avtomobil transportida tashish uchun ruxsatnoma olish tartibidan xabardormisiz?

Davlat xizmatini ko‘rsatuvchi subyekt:
O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi huzuridagi Avtomobil yo‘llari qo‘mitasi

Murojaatlar qabul qilinadi:
– “Litsenziya” axborot tizimi;
YIDXP – my.gov.uz orqali.

Zarur ma’lumotlar arizaga kiritilgandan so‘ng ariza beruvchi uni o‘z ERIsi bilan tasdiqlaydi.

Xizmatdan foydalanuvchilar:

Jismoniy yoki yuridik shaxslar (yuk tashuvchi yoki yuk jo‘natuvchi)

Arizani ko‘rib chiqish uchun to‘lanadigan yig‘im miqdori: Undirilmaydi.

Ruxsat
etish xususiyatiga ega hujjat berilganligi uchun undiriladigan yig‘imlar miqdori bilan ushbu ilovaga muvofiq tanishishingiz mumkin.

Ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatning amal qilish muddati:

Bir marta yuk tashish uchun beriladi.

Ma'lumot uchun: Ko‘p martalik ruxsatnomalar bir xil turdagi ma’lum miqdordagi yuklarni belgilangan qatnov bo‘yicha tashishga yoki belgilangan muddatga berilishi mumkin (bu holda tashilayotgan yuk hajmi, aniq bir obyektning qurilish muddati va boshqalar hisobga olinadi).

Arizani ko‘rib chiqish muddati – 8 ish kuni.

Kanalga ulanish
https://t.me/davxizmat