#Bilasizmi
Radiotexnik inshootlarni oʻrnatish va ulardan foydalanish uchun sanitariya pasportini SESga borish shart emas
Buning uchun:
Jismoniy yoki
yuridik shaxs Davlat xizmatlari markazlariga yoki onlayn -
my.gov.uz orqali murojaat qilishi lozim.
Shu o'rinda davlat xizmatlarini ko‘rsatish uchun
BHMning 2 baravarida (640 ming soʻm) yigʻim undiriladi.
Soʻrovnoma kelib tushgach, Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qoʻmitasi va uning
hududiy boshqarmalari 14 kun muddatda radiotexnik inshootlarning sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlariga muvofiqligini
joyiga chiqqan holda koʻrib chiqadi.
Belgilangan muddat mobaynida, Qoʻmita va uning
hududiy boshqarmalari tomonidan,
sanitariya pasportini DXMga yoki ariza beruvchiga YIDXP orqali elektron shaklda yuboriladi.
Bunda radiotexnik inshootning sanitariya pasporti
aholi yashash joylari istiqbolli rivojlantirilishi hamda sanitariya muhofaza zonasi oʻzgarishi inobatga olingan holda
3 yil muddatga beriladi.
Ushbu qulaylik haqida do'stlaringiz bilan ulashishni unutmang!
Kanalga ulanish
https://t.me/davxizmat