Get Mystery Box with random crypto!

#1148_ishonch_telefoni #Murojatlar #Soʻragan_edingiz Davlat | Davlat xizmatlari yangiliklari

#1148_ishonch_telefoni #Murojatlar #Soʻragan_edingiz

Davlat xizmatlari yonalishida “1148” ishonch telefoniga kelib tushgan qiziqarli va aktual savollarga javob beramiz!

Yovvoyi hayvonlarni ovlash uchun ruxsatnoma kimlarga beriladi? Bu borada vakolatli organ qaysi?

Jismoniy va yuridik shaxslar Yovvoyi hayvonlarni ovlash uchun ruxsatnoma olishda davlat xizmatlari markazi yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (YIDXP) orqali ariza yuboradi.

Ariza O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi tomonidan ko‘rib chiqiladi.

Asos: Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 22-fevraldagi 86-son qarori bilan tasdiqlangan “Maxsus elektron tizim orqali ruxsat etish xususiyatiga ega ayrim hujjatlarni berish tartib-taomillari to‘g‘risida yagona nizom”.

Kanalga ulanish
https://t.me/davxizmat