Get Mystery Box with random crypto!

#Litsenziyalash_xizmati Maktabdan tashqari taʼlim faoliyati | Davlat xizmatlari yangiliklari

#Litsenziyalash_xizmati

Maktabdan tashqari taʼlim faoliyati bilan shugʻullanmoqchimisiz?

Unda siz "Litsenziya" axborot tizimi orqali "Maktabdan tashqari taʼlim faoliyatini boshlaganlik yoki tugatganlik toʻgʻrisida xabarnomani" vakolatli organga yuborishingiz zarur!

Ushbu xabarnoma orqali nodavlat maktabdan tashqari taʼlim, shu jumladan, chet tillarini oʻrgatish faoliyati bilan shugʻullanishingiz mumkin.

Murojaatlar qabul qilinadi:

– "Litsenziya" AT -
license.gov.uz;
YIDXP – my.gov.uz orqali;

Xizmatdan foydalanuvchilar: Yuridik shaxs va yakka tartibdagi tadbirkor

To‘lanadigan yig‘im miqdori: 165 000 so'm (BHMning 50 foizi)

Muhim ma'lumot: Chet tillarga oʻqitgan hollarda, pedagog kadrlarda Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi tomonidan beriladigan bilimlar darajasi va chet tilini bilish va egallab olganlik darajasi toʻgʻrisida davlat namunasidagi malaka sertifikati yoki yetakchi xalqaro va baholash tizimlarining amaldagi sertifikati (IELTS, CEFR, TOEFL IBT) mavjud boʻlishi lozim.

Kanalga ulanish
https://t.me/davxizmat