Get Mystery Box with random crypto!

#1148_ishonch_telefoni #Murojatlar #Soʻragan_edingiz Davlat | Davlat xizmatlari yangiliklari

#1148_ishonch_telefoni #Murojatlar #Soʻragan_edingiz

Davlat xizmatlari yonalishida “1148” ishonch telefoniga kelib tushgan qiziqarli va aktual savollarga javob beramiz!

Shaxsiy identifikatsiya raqamini shakllantirish muddatlari qanday?

Elektron talabnoma Davlat personallashtirish markazi tomonidan qabul qilib olingandan so‘ng:

O‘zbekiston Respublikasi fuqarolariga shaxsiy identifikatsiya raqami axborot tizimi vositasida real vaqt rejimida;

O‘zbekiston Respublikasi hududida vaqtincha va doimiy yashayotgan chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarga bir ish kuni davomida shaxsiy identifikatsiya raqami shakllantirilib, ma’lumotlarni to‘plash punktiga elektron shaklda;

xorijiy davlatda vaqtincha yoki doimiy yashaydigan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari va ularning farzandlariga (shaxsiy identifikatsiya raqami mavjud bo‘lmaganda), chet el fuqarolariga hamda fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar uchun shaxsiy identifikatsiya raqami bir ish kuni davomida O‘zbekiston Respublikasining xorijdagi diplomatik vakolatxonalari va konsullik muassasalariga yuboriladi.

Asos: Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 12-apreldagi 177-son qarori.

Kanalga ulanish
https://t.me/davxizmat