Get Mystery Box with random crypto!

#Adliya_xabari Ayni damda Qozog‘iston Respublikasining Oston | Davlat xizmatlari yangiliklari

#Adliya_xabari

Ayni damda Qozog‘iston Respublikasining Ostona shahrida bo‘lib o‘tayotgan Davlat xizmatlari sohasida Astana HUB doirasida tashkil etilgan “Raqamli transformatsiya jarayonida o‘zgarishlarni boshqarish” seminarida Adliya vazirligining Raqamlashtirish boshqarmasi boshlig‘i K.Almuradov ishtirok etmoqda.

Ushbu seminarda Koreya Respublikasi Ichki ishlar va xavfsizlik vazirligi, Koreya Respublikasining Axborot jamiyati, Jahon banki, Birlashgan millatlar tashkilotining taraqqiyot dasturi, Iqtisodiy hamkorlik va rivojlanish tashkiloti hamda aʼzo mamlakatlar vakillari ishtirok etmoqdalar.

Seminar davomida davlat xizmatlarini raqamlashtirishda rivojlangan mamlakatlarning samarali tajribasi o‘rganilib, aʼzo mamlakatlar o‘zaro bilim va tajriba almashmoqdalar.

Kanalga ulanish
https://t.me/davxizmat