Get Mystery Box with random crypto!

#Litsenziyalash_xizmati Endilikda 'Litsenziya' axborot tizi | Davlat xizmatlari yangiliklari

#Litsenziyalash_xizmati

Endilikda "Litsenziya" axborot tizimi orqali "Sanoat xavfsizligi davlat qo‘mitasi nazoratidagi obyektlarda elektr qurilmalarini sozlash ishlarini bajarish uchun ruxsatnoma" olish mumkin.

Davlat xizmatini ko‘rsatuvchi subyekt:
O‘zbekiston Respublikasi Sanoat xavfsizligi davlat qo‘mitasi.

Xizmatdan foydalanuvchilar: Yuridik shaxs

Talabgor ruxsatnoma olish uchun arizani “Litsenziya” AT yoki YIDXP (my.gov.uz) orqali elektron yuboradi.

Arizani ko‘rib chiqish uchun to‘lanadigan yig‘im miqdori — 600 000 so'm (BHMning ikki baravari)

Ruxsat etish xususiyatiga ega hujjat berilganligi uchun — 600 000 so'm (BHMning ikki baravari);

Arizani ko‘rib chiqish muddati — 20 kun;

Ruxsatnomaning amal qilish muddati: 1 yil;

Kanalga ulanish
https://t.me/davxizmat