Get Mystery Box with random crypto!

#Bilasizmi 'Litsenziya' axborot tizimi orqali 'Ommaviy axbor | Davlat xizmatlari yangiliklari

#Bilasizmi

"Litsenziya" axborot tizimi orqali "Ommaviy axborot vositasi davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi guvohnoma" olish mumkin.

Davlat xizmatini ko‘rsatuvchi subyekt:
— O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi va uning hududiy boshqarmalari.

Murojaatlar qabul qilinadi:

"Litsenziya" AT - license.gov.uz;
YIDXP – my.gov.uz orqali;

Xizmatdan foydalanuvchilar: Yuridik va jismoniy shaxslar

Arizani ko‘rib chiqish uchun to‘lanadigan yig‘im miqdori: Bepul

Ruxsat etish xususiyatiga ega hujjat berilganligi uchun undiriladigan yig‘im:

Davriy bosma nashrlar — 3 750 000 so'm (BHMning 12,5 baravari);

tele, radio, video, kinoxronikal dasturlar, Axborot agentliklari — 4 500 000 so'm (BHMning 15 baravari);

mahsulotlari Internet global axborot tarmog‘i orqali tarqatiladigan ommaviy axborot vositalari (gazeta, jurnal, axborotnoma, byulleten, almanax, tele, radio, video, kinoxronikal dasturlar va boshqalar) — 150 000 so'm (BHMning 50 foizi);

asosan bolalar, o‘smirlar, nogironlar uchun mo‘ljallangan, shuningdek, ta’lim va madaniy-ma’rifiy yo‘nalishdagi ommaviy axborot vositalari — 750 000 so'm (BHMning 2,5 baravari);

reklama xususiyatiga ega bo‘lgan ommaviy axborot vositalari — 7 500 000 so'm (BHMning 25 baravari).

Arizani ko‘rib chiqish muddati: 10 kun

Ruxsatnomaning amal qilish muddati: Cheklanmagan

Ma'lumot uchun: Davlat ro‘yxatidan o‘tkazilishi lozim bo‘lgan ommaviy axborot vositalar ro'yxati.

Kanalga ulanish
https://t.me/davxizmat