2022-05-02 14:32:01
Suratdagi shayx shayximiz Mahmud Shinqitiy.
Birgina shu shayxning o'zidan o'rgangan narsalarim 8 yil davomida Madina islom universitetining barcha ustozlaridan o'rganganimdan ancha ko'proq desam aslo mubolag'a bo'lmasa kerak.
Shayxning barcha darslari Youtubeda bor.
Bu zotning darslarini shunchalik ko'p ko'rganmanki, har bir tovushni qanday aytishlari, har bir yuz va qo'l harakatlari, yuzlaridagi har bir alomat yod bo'lib ketgan...
Mendan shariatni o'rganish uchun Madina islom universiteti yoki boshqa islom universitetlarida o'qish kerakmi deb so'rasalar, javobim: aslo unday emas! Haqiqiy ilm universitet partalarida emas, shayxlarning ilm halqalarida olinadi. Vallohu a'lam.
Alloh taolo shayx Mahmud Shinqitiy, shayx Said Kamaliy, shayx Avvoma, shayx Taqi Usmoniy, shayx Said Bekdosh, shayx Omir Bahjat, shayx Hasan Buxoriy, shayx Sayfulloh Nosir va boshqa ko'plab shayxlarimizdan rozi bo'lsin!
@MahmudUsmon
11 views☆Ćhęmĭşŧ_X (ŇÛŮ)☆■☆, 11:32