Get Mystery Box with random crypto!

Hamma qilgan ishdan boshlang! Kreativlik yaxshi narsa, ayniqs | Ibrohimov's blog

Hamma qilgan ishdan boshlang!

Kreativlik yaxshi narsa, ayniqsa marketing sohasiga bu narsa suv va havodek zarur. Ammo, hamma ham birdaniga yangicha g'oyalar va yangicha strategiyalar o'ylab topa olmaydi. Tabiiy holat. Chunki bu tezda bo'ladigan jarayon emas. Har safar yangi loyiha olganda hayolga keladigan savol: qanday yo'l tutsam ekan, nimadan boshlasam ekan?

Javob oddiy: hamma qilgan ishdan boshlang, ya'ni kuzatishdan. Sizning sohangizga oid kompaniyalarni o'rganing. Ular qay tarzda o'zlarini ommaga tanitishyapti, qanday postlar qo'yishyapti, dizaynda nimalarni ko'rsatishyapti, matnlarda nimaga urg'u berishyapti. Eng ko'p ko'rilgan videolari, eng ko'p layk to'plagan postlari qanday? Shularni aniqlab olganingizdan keyin, huddi shu ishlarni o'zingizda qo'llang. To'g'ridan to'g'ri ko'chirish emas. G'oyadan foydalaning.

Xo'sh, raqobatchilarni qanday aniqlaymiz?
Odatda biznes egasidan sohadagi raqobatchilarni so'rab bilib olishingiz mumkin.

Bundan tashqari quyidagi usullar bilan internet orqali sizning sohangizga oid boshqa kopaniyalarni ham topishingiz mumkin.
- Telegramdagi o'xshash kanallarni qidirib topish uchun:
https://uz.tgstat.com/ ;
- Facebookda reklama berayotgan raqobatchilarni tekshirish uchun:
https://www.facebook.com/ads/library/ ;
- Instagramda kalit so'zlar va heshteglar orqali ham kerakli kompaniyani topish mumkin;
- Agar, yangi olgan loyihangiz B2B segment bo'lsa, katta ehtimol bilan raqobatchilaringizning saytlari bor bo'ladi. Bu holda siz sohaga aloqador kalit so'zlarni Googlega yozib raqobatchilarning saytlarini topishingiz mumkin;
- Bu saytlarga qancha odam kirayotgani, trafik asosan qayerdan kelayotgani kabi ma'lumotlarni quyidagi saytdan olishingiz mumkin:
https://www.similarweb.com/ru/ ;

P. S. Birinchi postni bekorga bu narsadan boshlamadim. Shaxsiy rivojlanish uchun blog yozib borishni foydasi haqida bilsam ham, bu narsa ortiqcha degan fikrda yurardim. Yozganlarimni kimga ham qizig'i bor degan savol o'ylantiraverardi. Axiyri o'ylab-o'ylab, bilgan narsalarim takrorlanishi, yangi o'rganganlarim esda qolishi uchun ham blogni yuritishni boshladim. Yozganlarimni o'qib kimdir manfaat olsa InshaAlloh qilgan ishim bekor ketmagan bo'ladi.

@DavronIbrohimov