Get Mystery Box with random crypto!

Davron Abdurashid | Biznes blogi

Telegram kanalining logotibi davronabdurashid_blogi — Davron Abdurashid | Biznes blogi D
Telegram kanalining logotibi davronabdurashid_blogi — Davron Abdurashid | Biznes blogi
Kanal manzili: @davronabdurashid_blogi
Toifalar: Biznes
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 94
Kanalning ta’rifi

-Kichik va o'rta biznes egalari uchun:
Biznesini diagnostika qilib, sotuv, marketing va menejment samaradorligini oshirishga yordam beramiz.
-Biznes diagnostikasi haqida ma'lumot👇
www.avro.uz
-Biznes konsultant: @DavronAbdurashid1

Ratings & Reviews

2.00

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

0

3 stars

0

2 stars

2

1 stars

0


Oxirgi xabar 2

2022-04-06 07:00:43 #Boshqaruv

Aqlli qo'mondon urushqoq bo'lmaydi. Mohir jangchi hech qachon g'azablanmaydi.

@DavronErgashev5 telegram kanaliga obuna bo'ling!
3.6K views04:00
Ochish/sharhlash
2022-04-01 23:00:38
Kirib kelgan Muborak Ramazon oyida barchamizga gunohlarimiz kechirilgan, duolarimiz ijobat bo'lgan, Allohning rahmati va barokatiga erishgan holatda chiqish nasib qilsin.

Muborak Ramazon oyi barchamizga muborak bo'lsin!

Davron Ergashev

@DavronErgashev5
3.6K viewsedited  20:00
Ochish/sharhlash
2022-04-01 12:44:25 #Omadsizlik

Muvaffaqqiyyat keltirishi mumkun bo'lgan g'oyalarni befarqlik o'ldiradi.

@DavronErgashev5 telegram kanaliga obuna bo'ling!
3.0K viewsedited  09:44
Ochish/sharhlash
2022-03-30 07:00:44 #Natija

Hayotingizdagi o'zgarishlar faqat ko'nikkan narsalaringizga qarshi ish qilganingizda sodir bo'ladi.

@DavronErgashev5 telegram kanaliga obuna bo'ling!
3.0K views04:00
Ochish/sharhlash
2022-03-29 10:30:49 Reklama byudjetini oshirmasdan mahsulot yoki hizmatingizga qiziqishlar sonini oshirish mumkunmi?

Marketngda buni yechimi bor. Ushbu postni ohirigacha o'qib, unga amal qilsangiz mijorlaringiz oqimini ko'paytirib olishingiz mumkun.

Statistika natijalariga ko'ra reklamalarning 80% natijaviyligi berayotgan taklifingizga bog'liq.

Taklifingiz kuchli bo'lsa 80% natija kuchsiz bo'lsa 20% dan 0% gacha natija keltiradi.

Kuchli taklif nima va uni qanday qilib yozamiz degan savolga ham ushu postda javob olasiz.

Keling oldin biznesda TAKLIF nimaligini tushunib olaylik - biznesda sizning har bir mahsulotingiz bu sizning taklifingiz.

Masalan: bugalteriya hizmati, ingliz tili kursi, ofis mebeli, milliy taomlar va hokazo.

Biznes nuqtai nazaridan qaralganda bularning barchasi, tadbirkorning o'z bozoriga berayotga taklifi.

Endi KUCHLI TAKLIFga ba'zi misollar keltiraman, shunda TAKLIF va KUCHLI TAKLIFning farqini bilib olasiz.

Autsors bugalteriya hizmati, birinchi oy BEPUL, keyingi oylardan oylik hisobotlarni vaqtida topshirmasak pulimizni olmaymiz.


Yana bir misol: Shov shuvlarga sabap bo'lgan ingiliz tili kursi birinchi darsdayoq 360 ta gapni yodlaysiz, birinchi dars BEPUL.

Kuchli takliflarga ko'plab misol keltirishim mumkun. Asosiy masala siz buni tushunib qo'llay olishingizda.

Deylik 100 ta haridor bor va 2 ta tadbirkor. Biri bozorga o'z TAKLIFINI ikkinchisi KUCHLI TAKLIFINI e'lon qildi.

Statistikaga ko'ra 80% yaniy 80 ta mijoz KUCHLI TAKLIF BERGAN TADBIRKORGA MUROJAAT QILADI. Qolgan 20% oddiy taklif bergan mijozga boradi.

Hizmatingizni sotib olish yoki olmasligi bu boshqa masala: sifat, muomala madaniyati, servis va hokazo hammasi ahamiyatli.

Agar sizda taklif kuchli bo'lib sifat, servis yaxshi bo'lmasa mijoz sizdan bir marta olib keyin boshqa harid qilmaydi.


Postimiz sizga yoqqan bo'lsa biznesingizda qo'llang va menga @DavronErgashev1 shaxsiyimga natijalaringiz yuboring.

Keyingi qadamlarda nima qilishingiz kerakligi haqida bir martalik BEPUL maslahat beraman.

Kuchli taklif ishlab chiqayotganingizda hech qachon yolg'on ma'lumotlar bilan mijozlarni qiziqtirishga urunmang.

Yolg'on bilan topilgan pulingizda baraka bo'lmaydi.

Biznesni rivojlantirishga qaratilgan ma'lumotlardan habardor bo'lib borish uchun kanalimizga obuna bo'ling! @DavronErgashev5
2.9K views07:30
Ochish/sharhlash
2022-03-29 06:30:32 #Iroda

Odamlar maqsadimga erishishim qiyin, kuchim yetmaydi deb o'zlarini ishontirishadi. Aslida ular kuchsiz emas, ular irodasizlardir.

@DavronErgashev5 telegram kanaliga obuna bo'ling!
2.4K viewsedited  03:30
Ochish/sharhlash
2022-03-28 10:01:39 Hodimlarni qanday urshsak, dakki bersak ular bundan hafa bo'lmaydi?...

Postimizni ohirigacha o'qisangiz buning yechimini bilib olasiz.

Korhonada doim kattami-kichikmi muammolar chiqib turadi.

Muammo uchun hodimni qattiq urshib qo'ysangiz, ishdan ketib qolish holatlari kuzatiladi.

Ho'sh unda nima qilish kerak...?

Urshsak ketib qoladi, urshmasangiz doim muammo chiqarib turadi!

Bunday vaziyatlarda rahbarlar aql bilan harakat qilishlari kerak.

Hodimni alohida chaqiriladi (kichik jamoa bo'lsa ular chaqiriladi).

Birinchi so'zni yaxshi gap bilan boshlaysiz, oldingi natijalaringiz meni quvontirgan edi va hokazo, keyin davomidan yig'ilish sabapchisi bo'lgan muammoni aytib ularga dakki berasiz.

Bu qanaqa ko'rsatgich? nega bunday bo'ldi? Muammoni tezda bartaraf qiling, va hokazo deb muammoni aytib bo'lgach darrov yana ularning yaxshi tomonini gapira boshlaysiz.

Doim ishni to'g'ri bajarib kelasiz, bundan hursandman, korhonamizda o'z o'rningiz bor va hokazi.

Umumiy burger usuli qanday ishlashini tushunib oldingizmi?

Buni boshqaruvdagi burger usuli deyiladi. Birinchi nonini berib yaxshi gapirasiz, keyin go'shtini berib yuzaga chiqqan muammoni gapirasiz, keyin yana yaxshi gapirib nonini berib suhbatni yakunlaysiz.

Bunday holatda hodimlar faqat sizni yomon ko'rib qolmaydi, o'z kamchiligini ham ko'rishni boshlaydi.

Siz uchun yana BONUS ma'lumot sotuvlar ko'p bo'lishi uchun ham burger usulidan foydalaniladi.

Mijozga mahsulot haqida ma'lumot berasiz, keyin uning narhini aytasiz va davomidan mijozga mahsulot beradigan oldindan tayyorlab qo'yilgan 3 ta foydasini aytasiz.

Mijozlarga narhni aytib jim turganingizda ko'p mijozlaringizni yo'qotasiz.

Ular narh haqida o'ylab qolishadi. Narh va oladigan 3 ta foydasini aytsangiz. Shu pul evaziga shunday foydalar olaman deb o'ylashadi.

Hulosa qilib aytsak burgerdan 3 ta vaziyatda foydalansangiz bo'ladi.

1-Hodimlarga muammo bo'lganida dakki berishda.
2-Mijozga mahsulot sotayotganda.
3-usulni hali aytmagan edim burgerdan qorningiz ochganda ham, qorin to'yg'azish uchun foydalansangiz bo'ladi.


Ma'lumot sizga foydali bo'lgan bo'lsa do'stlaringizga ham yuboring!

Biznesni rivojlantirishga qaratilgan ma'lumotlardan habardor bo'lib borish uchun kanalimizga obuna bo'ling!
@DavronErgashev5
2.5K views07:01
Ochish/sharhlash
2022-03-28 07:00:07 #HR #Haqiqat

Bir marta sodir bo'lgan narsa boshqa hech qachon sodir bo'lmasligi mumkin.

Ammo ikki marta sodir bo'lgan narsa, albatta, uchinchi marta ham sodir bo'ladi.

@DavronErgashev5 telegram kanaliga obuna bo'ling!
2.1K views04:00
Ochish/sharhlash
2022-03-27 07:00:39 #Ġalaba

Yutqazganlardan ko'ra,
Taslim bo'lganla ko'p.

Yutqazmasdan g'alaba qozonganlar yo'q,
Taslim bo'lib yutqazganlar ko'p
.

Davron Ergashev

@DavronErgashev5 telegram kanaliga obuna bo'ling!
2.1K views04:00
Ochish/sharhlash
2022-03-26 17:46:37 Davomi...

Boshida darrov zo'r chiqmasligi mumkun, lekin qo'lingizda ishonchli masalliqlar bor bir kun albatta osh tayyorlashni o'rganib olasiz.

Rahbar va yangi hodim o'rtasidagi ikkinchi vaziyat.

Rahbar hodimni ishga olib uni mijozlar bilan gaplashishdan oldin, mijozlar bilan qanday muvaffaqqiyatli gaplashiladi oldingi tajribalardagi eng yaxshi natijalarni audio zapislarini eshitib chiqishini va tushunganini rahbariga aytib berishini talab qiladi.

Hodim qanday gaplashishni nazariy bilib oladi keyin boshqa sotuv menejerlarni oldida o'tirib, ularni ishlashini kuzatib nazariyasini yana quvvatlaydi, qo'ng'iroqlar yozib olinadi.

Keyin mustaqil mijozlar bilan o'zi gaplashadi ovozlar yozib olinadi o'zi qayta eshitib hatolarini tushunadi rahbari ham kamchiliklarini to'ldiradi.

Jamoa kun sayin o'z kamchiliklarini to'g'irlab natijani yaxshilab boradi.

Tashkilotdagi barcha hodimlar o'z kamchiliklarini to'g'irlab natijani yaxshilashga urinadi, bunday tashkilotga kelgan yangi hodim shu muhitga o'zini avtomstik moslashtiradi.

Huddi chet elga borgan hamyurtlarimiz u yerning tartib qoidalariga amal qilishlari singari.

Bu vaziyatda ham rahbar O'ZI PISHIRGAN OSHNI O'ZI BUTUN UMRGA YEYISHGA MAJBUR.

Ushbu postni o'qigan bo'lsangiz siz ham o'z ritseptingizdagi kamchliklarni to'g'rilab masalliqlaringizni yaxshilari bilan to'ldirish haqida o'ylab ko'ring.

Ma'lumot sizga foydali bo'lgan bo'lsa do'stlaringizga ham yuboring!

Biznesni rivojlantirishga qaratilgan ma'lumotlardan habardor bo'lib borish uchun kanalimizga obuna bo'ling! @DavronErgashev5
2.1K views14:46
Ochish/sharhlash