Get Mystery Box with random crypto!

​​RAMAZON HAYITI TABRIGI Savobni umid qilib, Alloxni yakka b | Davron Abdurashid | Biznes blogi

​​RAMAZON HAYITI TABRIGI

Savobni umid qilib,
Alloxni yakka bilib,
Qiyyomda tikka turib,
O'tqazdingiz ramazon.

Bo'ldingiz istig'forda,
Zikrda tunu-tongda,
Qalbla bo'lib iymonda,
O'tqazdingiz ramazon.

Amalni qilib sunnat,
Savobla qilib mehnat,
Har ishda bo'lib ibrat,
O'tqazdingiz ramazon.

Ko'rib turgan o'zidur,
Mukofot beshak bo'lur,
Bu oy savobga mo'ldur,
O'tqazdingiz ramazon.

1000 oydan ulug' kunni,
Laylatul qadr kunni,
Topdim deb biling shuni,
O'tqazdingiz ramazon.

Duoingiz dildadur,
Eshitguvchi o'zidur,
Ishoning bari bo'lur,
O'tqazdingiz ramazon.

Endi hushlab dillarni,
O'tqazaylik yillarni,
Ko'rib shunday kunlarni,
Hayit muborak yurtim!

Yil bo'yi shunday yuring,
Sunnatni havo biling,
Havoga qonib yuring,
Hayit muborak yurtim!

Tutashtirib dillarni,
Do'stim! bilib sizlarni,
Aytdim shirin so'zlarni,
Hayit muborak do'stim.

Mexrni qilmang kanda,
G'animat bu kunlarda,
Yo'qlang bo'ling mehmonda,
Hayit bayram kunlarda.

Bu kunlarga yarashar,
Qilmoq joylarda hashar,
Yod etmoq do'st qo'shnilar,
Bari sunnat amallar.

Erta tongdan ayyomda,
Mushkla turing qiyyomda,
Meni ham eslang shu onda,
Do'stim bu men Davronda!

Oilangiz qo'ying quchib,
Hammani birday suyib,
Doimo yuring kulib,
Hayit muborak do'stim!

Bu kunlar ham o'tadi,
Sizdan ilm qoladi,
Bundan dillar qonadi,
Hayit muborak do'stim!

Davron Ergashev 01.05.2022

@DavronErgashev5 telegram kanaliga obuna bo'ling!