Get Mystery Box with random crypto!

davrada.uz

Telegram kanalining logotibi davrada — davrada.uz D
Telegram kanalining logotibi davrada — davrada.uz
Kanal manzili: @davrada
Toifalar: Oziq-ovqat
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 14

Ratings & Reviews

4.33

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

1

4 stars

2

3 stars

0

2 stars

0

1 stars

0


Oxirgi xabar 2

2023-03-03 12:02:18
davrada.uz

Milliy taomni endi bizning Davrada ta'tib ko'ring!

Har doim bir joydan milliy taom olib yeyaverishdan charchamadingizmi? Balki yangi ta'mlarni kashf qilish vaqti kelgandir-a?!

Siz bilan takrorlanmas lazzatni bag'ishlovchi ta'mlarni Davrada kashf qilamiz. Mohir oshpazlarimiz tomonidan tayyorlangan taomlar e'tiboringizdan chetda qolmasligi aniq. Endi baho berish sizdan.

Manzil:
Sergeli tumani Yangi sergeli yo'li.

Mo'ljal:
Turon Avto Savdo majmuasi.

Ma'lumot uchun:

| +998(93) 533-33-89



Telegram | Instagram | Facebook
32 viewsedited  09:02
Ochish/sharhlash
2023-03-03 08:00:58
davrada.uz

Do'stlaringiz bilan bir davrada bo'ling!

Do'stlar bilan yeg'ilish uchun asosiy sabab, o'ziga hos qadriyatlariga ega, xalollik va sifatni o'zida jamlovchi 'Davrada.uz'dir.

Hech qanday ortiqcha kutishlarsiz, qimmat narxlarsiz do'stlaringiz bilan istalgancha hordiq chiqara olasiz. Ishonmayapsizmi? Unda marhamat tashrif buyuring va barchasiga o'zingiz guvohi bo'ling!

Manzil:
Sergeli tumani Yangi sergeli yo'li.

Mo'ljal:
Turon Avto Savdo majmuasi.

Ma'lumot uchun:

| +998(93) 533-33-89


Telegram | Instagram | Facebook
31 viewsedited  05:00
Ochish/sharhlash
2023-02-03 10:19:15
davrada.uz

Mo'minlarga xos taomlanish odobi

Bugun Islom dinimizda taomlanishning qoidalari haqida so'z yuritamiz:
Luqmangiz pokiza hamda halol bo'lishi shart.

Ovqatlanishdan oldin hamda keyin qo'l yuvmoqlik sunnatdandir. Rasuli akram (s.a.v.) marhamat qiladilarki:

"Taomlanishdan oldin qo‘lni yuvmoqlikda bir savob bo‘lsa, taomlanib bo‘lgach yuvmoqlikda, ikki hissa savob bor".

Taomni o'tirib yemoqlik iymon uchun ham, salomatlik uchun ham foydalidir.

Jamoat bilan birga ovqatlanganda ularga xalal bermaslik, chaynaganda ovoz chiqarmaslik ham mo'minlarga xos xislatdir.

Eng muhimi, taomlanib bo'lgach duo hamda zikrlarni unutmang.

Telegram | Instagram | Facebook
38 viewsedited  07:19
Ochish/sharhlash
2023-01-28 09:49:18
davrada.uz

Taomning shirin chiqishi faqat mahsulotga bog'liqmi?

Xalqimizda "Yangamning sho'rvasini shirin qilgan – akamning masallig'i" – degan maqol bor. Inkor etmaymiz. Eng sara hamda sifatli mahsulotlar taomning mazali bo'lishiga yordam beradi.

Ammo bir jihat bor. U ham bo'lsa taomning pishirilish turi, o'ziga xos nyuanslari. Birgina tuzni ovqat pishish jarayonining qaysi bosqichida solishingiz ham uning ta'miga ta'sir ko'rsatadi.

DAVRADA.uz restoranining mohir oshpazlari esa milliy va uyg'ur taomlarining eng nozik sir-asrorlarini qo'llagan holda asl ta'mni sizga taqdim etishadi.

Tashrif buyuring, bahoni esa o'zingiz berasiz.

Telegram | Instagram | Facebook
35 viewsedited  06:49
Ochish/sharhlash
2023-01-27 08:32:37
davrada.uz
Fast Food yoki Milliy taom?

Tezpishar ovqatlar tarkibidagi xolestirin, uglevod, tuz, shakar, yog', ta'm va rang beruvchi kimyoviy qo'shimchalar quyidagi kasalliklarga sabab bo'lishi ilmiy tasdiqlangan:
• qandli diabet;
• gastrit;
• ortiqcha vazn;
• yurak kasalliklari.

O'zbek milliy taomlarichi?
BBC Travel
nashrining xabar berishicha, Britaniya sog'liqni saqlash tashkiloti mutaxassislari bir ovozda milliy taomlarimizni foydali xususiyatga ega degan xulosaga kelishgan.

Sababi milliy taomlarimizdagi maromida pishgan go'sht va mahsulotlar, tabiiy ziravorlar (zira urug'lari, dolchin, kashnich, dafna yaprog'i) salomatlik uchun kerakli vitamin hamda kaloriyalarni beradi.

Jangda g'olibmiz, Davrada.uz ga marhamat.
Sizni ham milliy taomlarimiz bilan bir siylaylik.

Telegram | Instagram | Facebook
24 viewsedited  05:32
Ochish/sharhlash
2022-12-29 08:03:19
davrada.uz

Sizga oshning qaysi turi yoqadi?

Markaziy Osiyoning dunyoga mashhur taomi bu – palov!
Palovning ham bir necha turlari, har bir davlatda o'zgacha tayyorlanish uslubi bor.

O'zbekistonning to'y oshi va choyxona palovi esa har yili minglab sayyohlarni jalb qiluvchi shohona taomdir.
Bundan tashqari har bir viloyatning ham o'ziga xos osh tayyorlash usuli bo'lib, bir xil masalliqdan turlicha "shedevr" yaralashiga guvoh bo'lishingiz mumkin.

Oshning "o'ta go'zali" esa Davrada.uz restoranida.
Mehmoningiz yoki sayyohlarni asl ta'm hamda yuqori servis bilan xursand qiling.

Yetkazib berish xizmati mavjud.

Ma'lumot uchun:
| +998(9...

Manzil: Sergeli tumani

Telegram | Instagram | Facebook
28 viewsedited  05:03
Ochish/sharhlash
2022-12-23 10:08:36
davrada.uz

Diydorning shirinligini DAVRADA his qiling

Haftada bir jigarlar bilan choyxona, mazasi keyingi uchrashuvgacha og'zingizda qoladigan shirin taom, yuqori darajadagi servis, yoqimli atmosfera... "Nima divotti?"

Milliy hamda uyg'urcha taomlarning asl mazasini tatib ko'rish uchun esa DAVRADA.uz restoraniga tashrif buyuring.

Afsuslanmaysiz, aniq!
Diydorning shirinligini pokiza va halol taomlarimiz bilan his eting.

Ma'lumot uchun:
| +998(9...

Manzil: Sergeli tumani

Telegram | Instagram | Facebook
25 viewsedited  07:08
Ochish/sharhlash
2022-12-22 11:23:05
davrada.uz

Palovga oid afsonalar borligini eshitganmisiz?

Biz sevib iste'mol qiladigan oshning asl kelib chiqish joyi aniq emas. Ammo olimlar palovning qadimgi vatani deb aynan Yaqin Sharq, O'rta Osiyo davlatlarini ta'kidlashadi.

⚕️ Afsonalarga ko'ra, shoh Abu Ali ibn Sinoga lashkarlarga uzoq yurishlar paytida yeyishlari uchun to'yimli taom o'ylab topish vazifasini bergan. Shunda Ibn Sino palovni yaratgan ekan.

Yana bir afsonada esa Amir Temurning Anqaraga yurishida jang uchun to'yimli va shifobaxsh maxsus taom – palovdan iste'mol qilishgan deyiladi.

Telegram | Instagram | Facebook
22 viewsedited  08:23
Ochish/sharhlash
2022-12-20 07:38:02
davrada.uz

Bayramlarda rad etib bo'lmaydigan taomlar

Shunday milliy taomlarimiz borki, bayram dasturxonimiz ularsiz to'liq bo'lmaydi.

Go'zal Hayit ayyomlarimizdan oldingi Arafa oshi, Navro'z bayramidagi ko'k somsa, halim, chuchvara kabi milliy taomlarimiz asrlardan buyon dasturxonimizni bezab kelmoqda.

Shu bilan birga har bir viloyatning ham o'ziga xos taomlari mavjud.
Bayram kunlari Sizning oilaviy an'anangizda qaysi taom albatta tayyorlanadi?

Davrada.uz restoranida esa har kuni bayram! Sababi siz aziz mijozlarimiz uchun eng sara milliy taomlarimiz hamisha tayyor!

Telegram | Instagram | Facebook
21 viewsedited  04:38
Ochish/sharhlash
2022-12-19 08:20:58
davrada.uz

Mo'minlarga xos taomlanish odobi

Bugun Islom dinimizda taomlanishning qoidalari haqida so'z yuritamiz:
Luqmangiz pokiza hamda halol bo'lishi shart.

Ovqatlanishdan oldin hamda keyin qo'l yuvmoqlik sunnatdandir. Rasuli akram (s.a.v.) marhamat qiladilarki:

"Taomlanishdan oldin qo‘lni yuvmoqlikda bir savob bo‘lsa, taomlanib bo‘lgach yuvmoqlikda, ikki hissa savob bor".

Taomni o'tirib yemoqlik iymon uchun ham, salomatlik uchun ham foydalidir.

Jamoat bilan birga ovqatlanganda ularga xalal bermaslik, chaynaganda ovoz chiqarmaslik ham mo'minlarga xos xislatdir.

Eng muhimi, taomlanib bo'lgach duo hamda zikrlarni unutmang.

Telegram | Instagram | Facebook
20 viewsedited  05:20
Ochish/sharhlash