#Qabul2021 #Ovozli_chat
Test sinovlarining dastlabki yakunlari bo‘yicha ovozli chat
Bugun,
21-avgust kuni soat
15:00 da Davlat test markazining telegramdagi rasmiy kanali (
@dtmuzb) orqali
oliy ta’lim muassasalariga kirish test sinovlarining dastlabki yakunlari bo‘yicha
ovozli chat o‘tkaziladi.
Ovozli chatda Davlat test markazi direktori o‘rinbosari
Sardor Rajabov ishtirok etadi.
Unda quyidagi mavzular bo‘yicha barchani qiziqtirgan savollarga javob beriladi:
test sinovlarining dastlabki yakunlari;
koronavirusga chalinganlar uchun qo‘shimcha test sinovlari;
test sinovlarining yakuniy natijalarini e’lon qilish;
xorijdan o‘qishni ko‘chirish bo‘yicha test sinovlari.
Ovozli chat davomida ishtirokchilar
qo‘l ko‘tarish funksiyasidan foydalangan holda o‘zlarini qiziqtirgan savollarni berishlari mumkin bo‘ladi.
@davlattestmarkazi_info