Get Mystery Box with random crypto!

Rasman: Mana o'sha elektron shahodatnoma Endilikda maktabni | DTM

Rasman: Mana o'sha elektron shahodatnoma

Endilikda maktabni tamomlaganlik to‘g‘risidagi sertifikatlar elektron tarzda o‘zbek va ingliz tillarida shakllantiriladi. Bu haqda Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri Hilola Umarova ma’lum qildi.

Elektron shahodatnomalar bitiruvchilarga har yili 20-iyunga qadar beriladi.

Buning uchun bitiruvchilar shahodatnomani elektron platformadan shaxsini tasdiqlovchi hujjatidagi tegishli ma’lumotlarni kiritish orqali bepul yuklab olishi mumkin bo‘ladi.

Eng ahamiyatlisi, shahodatnomalar yo‘qolgan yoki yaroqsiz holga kelgan taqdirda, bitiruvchilarga dublikat shahodatnoma berilmaydi. Bitiruvchilar shahodatnomani elektron platformadan o‘zi istagan vaqtda bepul qayta yuklab olishi mumkin bo‘ladi.

Abituriyent Off | Rasmiy
https://t.me/+73Ai3Z6eDpswMjAy
https://t.me/+73Ai3Z6eDpswMjAy