Get Mystery Box with random crypto!

#FUQAROLAR QABULI ENG SAMARALI USUL - 'Fuqarolar murojaati, | Oila va xotin-qizlar qo'mitasi

#FUQAROLAR QABULI ENG SAMARALI USUL

- "Fuqarolar murojaati, ularni qiynayotgan muammolar, ayrim hollarda sunʼiy toʻsiqlarning uchrab turishi, oilaviy nizolar, qoʻyingki barcha-barchasiga yechim topsa boʻladi" - deydi Farg'ona viloyati hokimi oʻrinbosari, Oila va xotin-qizlar boshqarmasi boshligʻi Komila Kavlonova.

Viloyatning Oʻzbekiston tumanida oʻtkazilgan sayyor qabulda ham fuqarolar tomonidan 20 dan ortiq turli xil murojaatlar qayd etildi. Imtiyozli kredit, yer masalasi, tibbiy koʻrik va sihatgohlarga davolanish uchun imtiyozli yoʻllanma, muqim ish oʻrni kabi soʻrovlar bildirildi.

Xotin-qizlar tomonidan bildirilgan 16 ta murojaat hamkorlar koʻmagida oʻz oʻrnida ijobiy hal etildi, qolgan murojaatlar esa ijroga yoʻnaltirildi.

Sayyor qabulda Respublika Oila va xotin-qizlar davlat qoʻmitasi boshqarma boshligʻi Zarifa Iskandarova, Respublika Moliya vazirligi vakili Shuhratjon Yarashovlar ishtirok etishdi.

Web-site | Telegram | Facebook | YouTube