Get Mystery Box with random crypto!

“Inson qadri ulug‘langan yurtda azizdir ayol” Namangan viloya | Oila va xotin-qizlar qo'mitasi

“Inson qadri ulug‘langan yurtda azizdir ayol”

Namangan viloyati Chortoq tumani hokimligi, “Uztex Group” kompaniyasi, oila va xotin-qizlar bo‘limi hamkorligida yozgi tomoshagohda “Inson qadri ulug‘langan yurtda azizdir ayol” shiori ostida madaniy tadbir tashkil etildi.

Tadbirda tuman hokimi Anvarjon Otaxo'jayev, “Uztex Group” rahbariyati, korxonaning kadrlar boshqarmasi boshlig‘i Zoirjon Umarov, oila va xotin-qizlar bo‘limi boshlig‘i Feruza Mansurovalar tadbir ishtirokchilari va barcha chortoqliklarni bugungi quvonchli kun bilan tabrikladilar.

“Uztex Group”ning Chortoq, Uchqo‘rg‘on va Norin tumanlari filiallarida mehnat qilayotgan ilg‘or xotin-qizlar kompaniya rahbariyati tomonidan munosib taqdirlandi.

Tuman madaniyat bo‘limi xodimlari, 14-sonli musiqa va san’at maktabi tarbiyalanuvchilari ijrosidagi konsert dasturi, bepul muzqaymoq va salqin ichimliklar sayli yig‘ilganlarga xush kayfiyat bag‘ishladi.

Oila va xotin-qizlar davlat qo'mitasi Matbuot xizmati.

Web-site | Telegram | Facebook | YouTube