Get Mystery Box with random crypto!

FAOL OʻQUVCHILARGA QORBOBONING SOVGʻASI ULASHILDI 2022-yil 26 | Davlatobod tumani 81-sonli maktab

FAOL OʻQUVCHILARGA QORBOBONING SOVGʻASI ULASHILDI

2022-yil 26-dekabr kuni Davlatobod tuman xalq taʼlimi boʻlimiga qarashli 81-sonli maktabda 2022-yil yakuni boʻyicha eng faol, eng aʼlochi oʻquvchilar bilan birgalikda boshlangʻich sinf oʻquvchilariga Qorboboning sovgʻalari ulashildi.

2022-yil davomida oʻzining faolligi, yaxshi xulqi va fanlardan aʼlo baholarga oʻzlashtirgan oʻquvchilar maktab rahbariyati tomonidan tayyorlangan faxriy yorliq va esdalik sovgʻalari bilan taqdirlandilar.

Qorbobo sovgʻalari boshlangʻich sinflarda oʻquvchilarga koʻtarinki kayfiyat va quvonch baxsh etdi.


Davlatobod tumani 81-sonli maktab Matbuot xizmati

https://t.me/davlatobod_81_maktab

Facebookdagi rasmiy sahifamiz:
https://www.facebook.com/groups/3006993886289889/?ref=share