Get Mystery Box with random crypto!

Ertadan o‘quv jarayonlari boshlanmoqda!!! Qo‘qon davlat pedag | KSPI_TARIX_NEWS



Ertadan o‘quv jarayonlari boshlanmoqda!!!

Qo‘qon davlat pedagogika institutning ichki imkoniyatlari, mahalliy ob-havoning hozirgi holati, mavjud shart-sharoitlarini inobatga olgan holda alohida reja-grafik asosida o‘quv jarayonlari amalga oshiriladi.

Bunda Sirtqi (maxsus) ta’lim shakli bo‘yicha o‘quv jarayoni 11-yanvardan to‘liq boshlanadi. Olis hududlaridan keladigan talabalarga 18-yanvarga qadar sharoit yaratib beriladi.

Kunduzgi ta’lim, magistratura, qo‘shma ta’lim yo‘nalish va mutaxassisliklarida institutga kelish imkoniyati bo‘lgan talabalarga 11-yanvardan boshlab maxsus kurslar, yakuniy nazorat haftaligiga tayyorgarlik (jadval asosida konsultasiya va qo‘shimcha darslar) olib boriladi.

20-yanvardan 2-, 3-, 4- kurslarda yakuniy nazoratlar, birinchi kurslar uchun malakaviy (o‘quv) amaliyotlar 18-yanvardan boshlanadi.

Respublikamizning olis hududlaridan kelib taʼlim oladigan talabalarga qulaylik yaratish maqsadida 18-yanvarga qadar konsultasiya va qo‘shimcha darslar masofaviy shaklda tashkil etiladi.

•┄┄┄┄┄┄┄༻❅༺┄┄┄┄┄┄┄•
kspi.uz Telegram

Facebook Instagram YouTube