Get Mystery Box with random crypto!

Dilnoza Xodjayeva respublikamizdagi eng yaxshi rektor deb eʼti | KSPI_TARIX_NEWS



Dilnoza Xodjayeva respublikamizdagi eng yaxshi rektor deb eʼtirof etildi

Xabaringiz bor, Yoshlarni qoʻllab-quvvatlash telegram kanali tahririyati mamlakatimizdagi eng yaxshi institut rektorini aniqlash maqsadida onlayn soʻrovnoma oʻtkazdi.

“YILNING ENG YAXSHI INSTITUT REKTORI 2022” V anʼanaviy koʻrik-tanlovida internet foydalanuvchilari, talabalar, ota-onalar bir necha kun davomida oʻzlari istagan nomzodlar uchun ovoz berdilar.

Qoʻqon davlat pedagogika instituti rektori soʻrovnoma natijalariga koʻra, eng koʻp ovoz toʻplab, yilning eng yaxshi institut rektori nominatsiyasi gʻolibi deb eʼlon qilindi.

Bugun tashkilotchilar Dilnoza Shavkatovnani muborakbod etib, oltin statuyetka, diplom, OTM talabalari uchun 14 000 000 soʻmlik sertifikat hamda esdalik sovgʻalarni tantanali ravishda topshirdi.

•┄┄┄┄┄┄┄༻❅༺┄┄┄┄┄┄┄•
kspi.uz Telegram

Facebook Instagram YouTube