Get Mystery Box with random crypto!

DAVLAT TEST MARKAZI | DTMUZB | RASMIYDTM

Telegram kanalining logotibi davlat_test_markazi_dtmuzb_rasmi — DAVLAT TEST MARKAZI | DTMUZB | RASMIYDTM D
Telegram kanalining logotibi davlat_test_markazi_dtmuzb_rasmi — DAVLAT TEST MARKAZI | DTMUZB | RASMIYDTM
Toifalar: Taʼlim
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 145.85K
Kanalning ta’rifi

🔍 Абитуриентларга оид энг сўнгги расмий янгиликларни билиб бориш учун бизни кузатиб боринг!
🤓Har qanday kitobni topib beradigan botimiz: 👉 @Finder_Booksbot
📨Murojaat va shikoyat uchun👇
👮‍♂Admin: @Dtm_official_admin
✔️Reklama xizmati
✅ @Rek_Info

Ratings & Reviews

3.33

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

1

4 stars

0

3 stars

1

2 stars

1

1 stars

0


Oxirgi xabar 16

2021-08-20 09:34:01 ​​ Tabriklaymiz, siz talabalikka qabul etildingiz!

Qanday ajoyib so'zlar, shunday emasmi? Hozirning o'zida sizga shu xushxabarni aytishga tayyormiz!

Istasangiz, "perevod" imtihonlarini muvaffaqiyatli topshirib, o'qishingizni 2-kursdan O'zbekistonda davom ettirishingiz mumkin.

Sizga "Meridian Foundation" kompaniyasi xorijiy davlatlarning nufuzli oliygohlarida kirish imtihonlarsiz talaba bo'lishingizga yaqindan yordam beradi va o'z xizmatlarini qonunan kafolatlaydi!

Qozog'iston
Qirg'iziston
Tojikiston
Rossiya

Kontrakt to'lovni ikkiga bo'lib to'lash imkoniyati ham bor

Hoziroq «Meridian Foundation» kompaniyasining rasmiy vakillariga qo'ng'iroq qiling!

998431298 | @Odil_menejer
901195352 | @Shoxsanam_menedjer
941145352 | @Ilyos_menedjer

Manzil: Toshkent shahar,Chilonzor-3, 1/37.
Mo'ljal: Toshkent Shahar Prokraturasi
13.0K views𝓗𝓾𝓼𝓷𝓲𝓭𝓭𝓲𝓷 𝓑𝓾𝓻𝓱𝓸𝓷𝓸𝓿 𝓸𝓯𝓯𝓲𝓬𝓲𝓪𝓵, 06:34
Ochish/sharhlash
2021-08-20 09:01:51
Nufuzli Davlat Universitetlarida kafolatli tarzda talaba bo'lishni istaysizmi ?

ROSSIYA QOZOG'ISTON
QIRG'IZISTON TURKIYA

Diplom Oʻzbekistonda tan olinadi
O'qishni koʻchirish imkoniyati.

AKSIYA 20 AVGUSTGACHA

FIRMA TO'LOVI 3.800.000 SO'M

Bunday imkoniyatni qo'ldan boy bermang.

ISHONCHLI, QONUNIY VA SIFATLI xizmatlar.

TOSHKENT +998712000165
Onlayn murojat @word_education20 @world_education10

SAMARQAND +998337406050
Onlayn murojat @World_Education_30

XORAZM +998974561771
Onlayn murojat @World_education60

QASHQADARYO +998886171155
Onlayn murojat @World_Education_11

SURXONDARYO +998975300002
Onlayn murojat @world_education_75

QO'QON +998903516010
Onlayn murojat @WorldEducation_40

NAMANGAN +998993596010
Onlayn murojat +998993496010
@World_Education_50

Telegram | Instagram
14.3K views𝓗𝓾𝓼𝓷𝓲𝓭𝓭𝓲𝓷 𝓑𝓾𝓻𝓱𝓸𝓷𝓸𝓿 𝓸𝓯𝓯𝓲𝓬𝓲𝓪𝓵, 06:01
Ochish/sharhlash
2021-08-20 04:02:30
Juma ayyomingiz muborak aziz dindoshlarim!

Yaqinlaringizni Sayyidul Ayyom bilan qutlang


@Dtm_Official_Uz
21.7K views𝓗𝓾𝓼𝓷𝓲𝓭𝓭𝓲𝓷 𝓑𝓾𝓻𝓱𝓸𝓷𝓸𝓿 𝓸𝓯𝓯𝓲𝓬𝓲𝓪𝓵, edited  01:02
Ochish/sharhlash
2021-08-19 18:30:20
1-sentyabrdan stipendiyalar 1.1 barobarga oshiriladigan bo'ldi

Prezident farmoniga koʻra, 2021-yilning 1-sentyabridan boshlab Oʻzbekiston Respublikasi hududida:

mehnatga haq toʻlashning eng kam miqdori — oyiga 822 000 soʻm deb belgilandi.

Ma'lumot uchun: Talabalar kontrakti mehnatga haq to'lashning eng kam miqdoriga bog'lab qo'yilgan. Bu deganiki stipendiya oshsa konkrakt narxiyam oshadi

2019-yildan boshlab semestrlarni yopa olganlarga(3-4-5 bahodan qat'iy nazar) stipendiya bir xil qilib belgilangandi

Amaldagi stipendiya miqdori 470 800 so'mni tashkil etadi

1-sentyabrdan 1.1 barobarga oshishini hisobga olsak talabalar yangi o'quv yilidan 517 880 so'm stipendiya oladilar

Barcha abituriyentlarga ulashing!

@DTM_Official_Uz
Batafsil ma'lumot: https://t.me/joinchat/yq1HCpaCT9dlNjgy
21.4K views𝓗𝓾𝓼𝓷𝓲𝓭𝓭𝓲𝓷 𝓑𝓾𝓻𝓱𝓸𝓷𝓸𝓿 𝓸𝓯𝓯𝓲𝓬𝓲𝓪𝓵, 15:30
Ochish/sharhlash
2021-08-19 16:47:26 ​​​Prezident granti uchun oʻtish bali — 185,85 ballni tashkil qildi

DTMning mandat saytidagi roʻyxatda Prezident granti uchun daʼvogarlik qiladigan abituriyentlar roʻyxati eʼlon qilindi. Unga koʻra, 185,85 balldan yuqori koʻrsatkichga erishgan 233 nafar abituriyent Prezident grantiga daʼvogarlik qiladigan boʻldi.

Chunki qoidaga binoan, 200-oʻrindagi abituriyent bilan bir xil ball toʻplagan barcha abituriyentlar ushbu grantga daʼvogarlik qilishadi. Natijalarga koʻra, 185-oʻrindan 233-oʻringacha abituriyentlar bir xil 185,85 ball toʻplashgan, shu sababli barchasi Prezident grantiga daʼvogarlik qilishadi.

Shuningdek, respublika boʻylab jami 75 nafar abituriyent eng maksimal 189 ball toʻplashdi.

Eslatib oʻtaman, Prezident grantini olganlar garchi kontraktga kirgan boʻlsa ham, davlat granti asosida oʻqishadi.

Quyida Prezident grantiga daʼvogarlik qilayotgan 233 nafar abituriyentlarning OTM kesimidagi maʼlumotlari bilan tanishishingiz mumkin:

OTM nomi / daʼvogarlar soni

Toshkent davlat yuridik universiteti — 73
Oʻzbekiston davlat jahon tillari universiteti — 46
Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti — 26
Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti — 9
Toshkent davlat oʻzbek tili va adabiyoti universiteti — 9
Toshkent tibbiyot akademiyasi — 9
Toshkent moliya instituti — 5
Buxoro davlat universiteti — 4
Buxoro davlat universitetining Pedagogika instituti — 4
Fargʻona davlat universiteti — 4
Navoiy davlat pedagogika instituti — 4
Qoraqalpoq davlat universiteti — 4
Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti — 4
Andijon davlat universitetining Pedagogika instituti — 3
Namangan davlat universiteti — 3
Oʻzbekiston Milliy universiteti — 3
Qarshi davlat universiteti — 2
Samarqand davlat chet tillar instituti — 2
Samarqand davlat universiteti — 2
Termiz davlat universitetining Pedagogika instituti — 2
Buxoro tibbiyot instituti — 1
Guliston davlat universiteti — 1
Jamoat xavfsizligi universiteti — 1
Jizzax davlat pedagogika instituti — 1
Nukus davlat pedagogika instituti — 1
Oʻzbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti — 1
Oʻzbekiston xalqaro islom akademiyasi — 1
Qoʻqon davlat pedagogika instituti — 1
Qoraqalpogʻiston tibbiyot instituti — 1
Samarqand davlat tibbiyot instituti — 1
Samarqand iqtisodiyot va servis instituti — 1
Termiz davlat universiteti — 1
Toshkent axborot texnologiyalari universiteti — 1
Toshkent davlat stomatologiya instituti — 1
Toshkent pediatriya tibbiyot instituti — 1

P/S: ushbu maʼlumotlar koronavirusga chalingan yoki test kuni isitmasi yuqori boʻlgan abituriyentlar uchun oʻtadigan qoʻshimcha test natijalaridan keyin oʻzgarishi mumkin.

Barcha abituriyentlarga ulashing!

@DTM_Official_Uz
Batafsil ma'lumot: https://t.me/joinchat/yq1HCpaCT9dlNjgy
16.4K views𝓗𝓾𝓼𝓷𝓲𝓭𝓭𝓲𝓷 𝓑𝓾𝓻𝓱𝓸𝓷𝓸𝓿 𝓸𝓯𝓯𝓲𝓬𝓲𝓪𝓵, edited  13:47
Ochish/sharhlash
2021-08-19 16:46:41
#Qabul2021

Abituriyentlar Oʻqishga kirish uchun kamida necha ball toʻplashi kerak?

Bu borada DTM javobini o'qing!
14.2K viewsСоздай загадку! Бесплатный бот для проверки на подписку, edited  13:46
Ochish/sharhlash
2021-08-19 15:49:01 Biologiya fani bo‘yicha milliy sertifikat imtihonlarida qatnashgan talabgorlarning to‘lovini qaytarish tartibi

2021-yil 10-iyun kuni biologiya fanidan milliy sertifikat uchun o‘tkazilgan test sinovi natijalari e’lon qilinmasligi va test sinovida ishtirok etgan barcha talabgorlarning to‘lovi to‘liq qaytarilishi haqida xabar berilgan edi.

Talabgorlarning to‘lovi quyidagi tartibda qaytariladi:

Dastlab talabgorning o‘zi murojaat etayotganligini tasdiqlash maqsadida talabgor tomonidan tq.dtm.uz saytiga pasport seriyasi va raqami hamda shaxsiy identifikatsiya raqami (JSh ShIR) kiritilib, “Ariza to‘ldirish” tugmasi bosiladi.

Kiritilgan pasport ma’lumotlar 10-iyun kuni biologiya fani bo‘yicha milliy sertifikat imtihonida ishtirok etgan talabgorga tegishli bo‘lsa, mazkur pasport ma’lumotlari biriktirilgan telefon raqamiga SMS xabar yuboriladi va SMS xabardagi 5 xonali raqamni tizimni kiritish orqali talabgorning o‘zi murojaat etayotganligi tasdiqlanadi.

So‘ngra ariza to‘ldirish oynasiga:

to‘lov qaytarilishi kerak bo‘lgan plastik karta raqami;
plastik karta egasining familiyasi, ismi, otasining ismi;
plastik karta ochilgan bankning STIRi (INN si);
bank MFOsi;
bankning tranzit hisob raqami;
qo‘shimcha telefon raqami (zarur hollarda bog‘lanish uchun) kiritilib, “Ariza shakllantirish” tugmasi bosiladi.

Shundan so‘ng ariza shakllantiriladi va to‘lovni qaytarish bo‘yicha onlayn ariza berish jarayoni yakunlanadi.

Ariza qabul qilingandan so‘ng 15 kun ichida arizada keltirilgan karta raqamiga to‘lov to‘liq qaytariladi.

Agar talabgor ma’lumotlarni kiritishda xatoga yo‘l qo‘ygan bo‘lsa, “Tahrirlash” funksiyasidan foydalangan holda kiritgan ma’lumotlarini o‘zgartirishi mumkin.

Bankning STIRi, MFOsi va tranzit hisob raqamini olish uchun bankka bog‘lanish mumkin bo‘lgan aloqa raqamlari va boshqa ma’lumotlarni ushbu havola orqali olish mumkin.

Shuningdek, banklarning aloqa raqamlari tq.dtm.uz saytida ham keltirilgan.

Davlat test markazi

Barcha abituriyentlarga ulashing!

@DTM_Official_Uz
Batafsil ma'lumot: https://t.me/joinchat/yq1HCpaCT9dlNjgy
15.7K viewsODILBEK Piroff, 12:49
Ochish/sharhlash
2021-08-19 10:06:59 #Qonunchilikdagi_yangiliklar

Talabalarga to‘lov-kontrakt asosida o‘qish uchun ta’lim kreditlarini ajratish tartibi belgilandi

Hukumat qarori (527-son, 18.08.2021-y.) bilan Moliya vazirligi huzuridagi Ta’lim kreditini moliyalashtirish jamg‘armasi hisobidan oliy ta’lim tashkilotlarida to‘lov-kontrakt asosida o‘qish uchun ta’lim kreditlarini ajratish tartibi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi.

Nizomga ko‘ra, ta’lim kreditlari oliy ta’lim tashkilotlarining kunduzgi ta’lim shaklida bakalavriat va magistraturaga to‘lov-kontrakt asosida o‘qishga tavsiya etilgan, shuningdek o‘qishini ko‘chirgan O‘zbekiston fuqarosi bo‘lgan talabalarga beriladi.

Bunda, kredit oluvchining doimiy daromad manbayiga ega oila a’zolari (ota-onasi, aka-ukasi, opa-singlisi, eri yoki xotini) yoki vasiylari birgalikda kredit oluvchi sifatida qatnashishi mumkin.

Ta’lim kreditining asosiy qarzi talabaning rasmiy o‘qish muddati tugagandan so‘ng yettinchi oydan boshlab 7 yil davomida qaytariladi.

Ta’lim kreditini olish uchun Moliya vazirligining rasmiy veb-saytida e’lon qilingan tijorat banklariga quyidagi hujjatlar taqdim etiladi:

ariza;

to‘lov-kontrakt shartnomasi va unga ilova qilinadigan hisob varaqasi/fakturasi (mavjud bo‘lganda). Shartnomada o‘qishni tamomlashning belgilangan muddati va bir yil uchun to‘lov miqdori ko‘rsatilgan bo‘lishi lozim;

ta’lim krediti qaytarilishining ta’minoti bo‘yicha hujjat. Bunda “Ijtimoiy himoya yagona reestri”ga kirgan oilalarning farzandlariga ajratiladigan ta’lim krediti bo‘yicha garov va kafillik talab etilmaydi;

“Ijtimoiy himoya yagona reestri”ga kiritilganligini tasdiqlovchi ma’lumotnoma (“Ijtimoiy himoya yagona reestri”ga kiritilgan oilalar farzandlari uchun);

birgalikda kredit oluvchiga tegishli ma’lumot.

Hujjatlar 5 ish kunida ko‘rib chiqiladi.

Ta’lim krediti shartnomasi to‘lov-kontrakt shartnomasida ko‘rsatilgan bir yillik to‘lov summasiga teng miqdordagi summaga tuziladi.

Ta’lim krediti kredit oluvchiga Markaziy bankning asosiy stavkasi miqdorida ajratiladi.

Bunda, Markaziy bankning asosiy stavkasi pasaytirilgan taqdirda, ta’lim krediti bo‘yicha foiz stavkasi mutanosib ravishda pasayadi, Markaziy bankning asosiy stavkasi oshirilgan taqdirda esa ta’lim krediti bo‘yicha foiz stavkasi o‘zgarishsiz qoladi.

Mazkur tartib:

chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarga;

tijorat banklari tomonidan Jamg‘arma mablag‘laridan tashqari boshqa manbalar hisobidan beriladigan ta’lim kreditlariga nisbatan tatbiq etilmaydi.

Tabaqalashtirilgan to‘lov-kontraktni va uning minimal miqdoriga teng bir martalik boshqa to‘lovlarni amalga oshirish uchun ta’lim krediti ajratilmaydi.

Barcha abituriyentlarga tarqating

Abituriyentlar uchun eng so‘ngi va ishonchli yangiliklar bizning kanalda
Barcha abituriyentlarga ulashing!

@DTM_Official_Uz
Batafsil ma'lumot: https://t.me/joinchat/yq1HCpaCT9dlNjgy
18.0K views𝓗𝓾𝓼𝓷𝓲𝓭𝓭𝓲𝓷 𝓑𝓾𝓻𝓱𝓸𝓷𝓸𝓿 𝓸𝓯𝓯𝓲𝓬𝓲𝓪𝓵, edited  07:06
Ochish/sharhlash
2021-08-19 09:31:43
Qiziqarli ma'lumot! Joriy yilgi test sinovlaridan 328 nafar abituriyent chetlatilgan!

Davlat test markazi ma'lumotlariga qaraydigan bo'lsak, 12 kun davom etgan test sinovlarida umumiy hisobda 328 nafar abituriyent testdan chetlatilgan.

Chetlatilshga sabab turlicha bo'lishi mumkin. Ta'qiqlangan buyumlarni olish kirish, test savollar kitobchasini yirtib chiqish, telefon yoki shpargalka bilan qo'lga tushish, yonidagi abituriyentga yordam berish va hokazolar.

Barcha abituriyentlarga ulashing!

@DTM_Official_Uz
Batafsil ma'lumot: https://t.me/joinchat/yq1HCpaCT9dlNjgy
13.2K views𝓗𝓾𝓼𝓷𝓲𝓭𝓭𝓲𝓷 𝓑𝓾𝓻𝓱𝓸𝓷𝓸𝓿 𝓸𝓯𝓯𝓲𝓬𝓲𝓪𝓵, 06:31
Ochish/sharhlash
2021-08-18 20:17:19
DIPLOM = BAXT (mi?)

Fikrlaringizni izohlarda yozib qoldiring.

Videoni diplomli va diplom uchun harakat qilayotgan yaqinlarga ham ulashing)

MuhammadAli Eshonqulov

@DTM_OFFICIAL_UZ
23.3K views𝓗𝓾𝓼𝓷𝓲𝓭𝓭𝓲𝓷 𝓑𝓾𝓻𝓱𝓸𝓷𝓸𝓿 𝓸𝓯𝓯𝓲𝓬𝓲𝓪𝓵, edited  17:17
Ochish/sharhlash