Get Mystery Box with random crypto!

Kollej va texnikumlarga kirish test sinovlari Davlat test m | DAVLAT TEST MARKAZI | DTMUZB | RASMIYDTM

Kollej va texnikumlarga kirish test sinovlari

Davlat test markaziga kollej va texnikumlarga kirish test sinovlari qachon o‘tkazilishi bo‘yicha ko‘plab murojaatlar kelib tushmoqda.

Bu bo‘yicha quyidagilarni ma’lum qilamiz:

Kollej va texnikumlar uchun abituriyentlarni ro‘yxatga olish Davlat test markazi tomonidan emas, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan kollej.edu.uz va texnikum.edu.uz saytlari orqali amalga oshirildi.

Test sinovlari Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan ro‘yxatdan o‘tgan abituriyentlarning ma’lumotlari Davlat test markaziga taqdim etilganidan so‘ng O‘zbekiston Respublikasi ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish bo‘yicha davlat komissiyasi tomonidan belgilangan muddatlarda o‘tkaziladi.

Bunda test materiallari Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan taqdim etilgan ma’lumotlar asosida tayyorlanadi va test sinovlari Davlat komissiyasi tomonidan belgilangan joylarda tashkil etiladi.

Barcha abituriyentlarga ulashing!

@DTM_Official_Uz
Batafsil ma'lumot: https://t.me/joinchat/yq1HCpaCT9dlNjgy