Get Mystery Box with random crypto!

Davlat test markazining rus va qoraqalpoq tillaridagi telegram | DAVLAT TEST MARKAZI | DTMUZB | RASMIYDTM

Davlat test markazining rus va qoraqalpoq tillaridagi telegram kanallari ishga tushirildi

Ma’lumki, O‘zbekistonda telegram messenjeri ma’lumot olish va yangiliklardan xabardor bo‘lib borish uchun juda qulay bo‘lgan platformalardan biridir.

Shu sababli 2019-yil iyun oyida Davlat test markazining rasmiy telegram kanali ishga tushirilib, Davlat test markazi faoliyati va test sinovlariga oid eng muhim yangilik va e’lonlarni berib berish yo‘lga qo‘yilgan edi.

Fuqarolarning murojaatlaridan kelib chiqqan holda, ularga qulaylik yaratish maqsadida Davlat test markazining rus va qoraqalpoq tillarida faoliyat olib boradigan telegram kanallari ishga tushirilganligini ma’lum qilamiz.

Endilikda Davlat test markazi faoliyati va test sinovlariga oid eng muhim yangilik va e’lonlarni quyidagi telegram kanallar orqali o‘zbek, rus va qoraqalpoq tillarida kuzatib borishingiz mumkin:

O‘zbek tilida: @dtmuzb
Rus tilida: @dtmuzbru
Qoraqalpoq tilida: @dtmuzbqr

Shuningdek, Davlat test markazi tomonidan o‘tkaziladigan test sinovlari bo‘yicha aniq takliflar bo‘lsa, @dtmga_takliflar_bot telegram boti orqali yuborishingiz mumkin.

Barcha abituriyentlarga ulashing!



@Dtm_Official_Uz
Bizga qo'shiling
 https://t.me/joinchat/yq1HCpaCT9dlNjgy