Get Mystery Box with random crypto!

“Super kontrakt”ning minimal miqdorlari belgilandi 2021/202 | DAVLAT TEST MARKAZI | DTMUZB | RASMIYDTM

“Super kontrakt”ning minimal miqdorlari belgilandi

2021/2022-oʻquv yili qabulida bakalavriat taʼlim yoʻnalishlariga kirish imtihonlari natijalariga koʻra toʻplagan ballari tasdiqlangan toʻlov-kontrakt doirasidagi qabul parametrlari chegarasiga 4,05 balldan ortiq yetmagan, 56,7 balldan kam boʻlmagan holda, qoʻshimcha ravishda oʻqish istagini bildirgan abituriyentlarning birinchi oʻquv yili uchun amalda belgilangan bazaviy toʻlov-kontrakt miqdorlariga nisbatan tabaqalashtirilgan toʻlov-kontraktning minimal miqdorlari tasdiqlandi.

Tabaqalashtirilgan toʻlov-kontraktning minimal miqdorlarini hisoblashda:

2021/2022 oʻquv yili uchun amalda belgilangan bakalavriat taʼlim yoʻnalishlari boʻyicha bitta talabani toʻlov-kontrakt shaklida stipendiyasiz bazaviy toʻlov-kontrakt boʻyicha oʻqitish qiymati qoʻllaniladi;

koronavirus infeksiyasiga qarshi emlangan (vaksina olgan) abituriyentlarga belgilangan tabaqalashtirilgan toʻlov-kontraktning minimal miqdoriga 10 foizli chegirma beriladi.

Shunga koʻra, OTM bakalavriatining sirtqi yoki kechki taʼlim shakli boʻyicha bazaviy toʻlov-kontrakt asosida talabalikka tavsiya etilgan va tahsil olayotgan hamda 2021-yil 1-noyabrgacha koronavirus infeksiyasiga qarshi emlangan talabalarga 2021/2022 oʻquv yili uchun belgilangan stipendiyasiz bazaviy toʻlov-kontrakt miqdorlariga bir martalik 10 foiz chegirma (bonus) berilishi belgilandi.

Barcha abituriyentlarga ulashing!

@DTM_Official_Uz
Batafsil ma'lumot: https://t.me/joinchat/yq1HCpaCT9dlNjgy