Get Mystery Box with random crypto!

Prezidenti saylovida 6 993 924 nafar yoshlar ishtirok etishadi | DAVLAT TEST MARKAZI | DTMUZB | RASMIYDTM

Prezidenti saylovida 6 993 924 nafar yoshlar ishtirok etishadi

Bu yil O‘zbekistonda muhim siyosiy jarayon — O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi bo‘lib o‘tadi. Bunda 6 993 924 nafar saylovchi yoshlar ishtirok etadilar. Shundan 880 155 nafari ilk marta saylovda ishtirok etadigan yoshlardir.

Yoshlar ishlari agentligi tomonidan yoshlarning huquqiy savodxonligini, elektoral madaniyatini oshirish, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovida yoshlarning faol ishtirokini ta’minlash maqsadida yoshsaylovchi.uz platformasi ishga tushirildi.

Mazkur platforma orqali saylov jarayoni haqida zarur ma’lumotlarni olish, saylov uchastkasini aniqlash mumkin.

Barcha abituriyentlarga ulashing!



@Dtm_Official_Uz
Bizga qo'shiling
 https://t.me/joinchat/yq1HCpaCT9dlNjgy