Get Mystery Box with random crypto!

​​Talabgorlarning to‘lovlarini qaytarish yuzasidan Ma’lumki, | DAVLAT TEST MARKAZI | DTMUZB | RASMIYDTM

​​Talabgorlarning to‘lovlarini qaytarish yuzasidan

Ma’lumki, 2021-yil 10-iyun kuni biologiya fanidan milliy sertifikat uchun o‘tkazilgan test sinovida ishtirok etgan barcha talabgorlarning to‘lovi to‘liq qaytarilishi haqida xabar berilgan edi.

Buning uchun Davlat test markazi tomonidan alohida platforma (tq.dtm.uz sayti) ishga tushirilgan bo‘lib, talabgorlarning arizalari onlayn tarzda mazkur platforma orqali qabul qilinmoqda.

Hozirga qadar mazkur platforma orqali 897 nafar va yozma ravishda 105 nafar talabgor to‘lovni qaytarish bo‘yicha murojaat qilgan bo‘lib, ularning 865 nafariga to‘lov to‘liq qaytarilgan.

137 nafarida esa talabgor tomonidan kiritilgan ma’lumotlar xato ekanligi, ya’ni plastik karta raqami yoki bank rekvizitlari xato kiritlganligi sababli qaytarilgan to‘lovlar Davlat test markaziga qaytib kelgan.

Hozirda mazkur 137 nafar talabgorning ma’lumotlari (plastik karta raqami va bank rekvizitlari) ga aniqlik kiritish va to‘lovni to‘liq qaytarish uchun talabgorlar bilan telefon orqali bog‘lanib chiqilmoqda.

Shu o‘rinda talabgorlardan to‘lovni qaytarish uchun ariza bilan murojaat qilganda plastik karta raqami va bank rekvizitlarini to‘g‘ri kiritishlarini so‘raymiz.

Barcha abituriyentlarga ulashing!



@Dtm_Official_Uz
Bizga qo'shiling
 https://t.me/joinchat/yq1HCpaCT9dlNjgy