Get Mystery Box with random crypto!

Super kontrakt to‘lov-shartnomalarini onlayn rasmiylashtirish | DAVLAT TEST MARKAZI | DTMUZB | RASMIYDTM

Super kontrakt to‘lov-shartnomalarini onlayn rasmiylashtirish imkoniyati yaratildi

Xabar berilganidek, 1-oktabr davlat OTMga tabaqalashtirilgan to‘lov-shartnoma asosida o‘qishga qabul qilish bo‘yicha ariza topshirishning so‘nggi muddati etib belgilangan

Joriy oʻquv yilida talabalikka tavsiya etilmagan, biroq tabaqalashtirilgan (super) toʻlov-shartnoma asosida oʻqish istagini bildirgan abituriyentlar uchun yanada qulaylik yaratish maqsadida onlayn shaklda ariza qoldirish hamda tabaqalashtirilgan toʻlov-shartnomalarni onlayn olish imkonini beruvchi t-kontrakt.edu.uz axborot tizimi ishga tushirildi.

Ushbu tizim:

ortiqcha ovoragarchilik va suiiste'molchiliklarning oldini olish;

jarayonlarning ochiqligi va shaffofligini ta’minlash;

elektron arizalarni avtomatik shakllantirish;

toʻlov-shartnomalarni avtomatik rasmiylashtirish imkonini beradi.

Endi abituriyentlar oliy ta’lim muassasasiga ovora bo‘lib, borib o‘tirishlari shart emas. Tizim yordamida ularning ma’lumotlari va toʻplagan bali Davlat test markazi bazasidan toʻgʻridan toʻgʻri olinib, elektron koʻrinishdagi ariza asosida elektron to‘lov-shartnoma avtomatik rasmiylashtiriladi.

Barcha abituriyentlarga ulashing!

@DTM_Official_Uz
Batafsil ma'lumot: https://t.me/joinchat/yq1HCpaCT9dlNjgy