Get Mystery Box with random crypto!

​​ Super-kontrakt masalasida ayrim savollarga javoblar! «Sup | DAVLAT TEST MARKAZI | DTMUZB | RASMIYDTM

​​ Super-kontrakt masalasida ayrim savollarga javoblar!

«Super kontrakt» narxi qancha va kimlar uchun?

Mandat chiqqandan so'ng ko'pchilikda super-kontrakt narxlariga qiziqish boshlanadi. Hozir super-kontraktni kimlar va qanday to'lashi haqida tushuntirib o'tamiz.

Qo‘shimcha kontrakda o‘qish uchun necha ball olish kerak?

Farqi yo‘q. Testga kirgan bo‘lsa, kifoya. 1 ball olgan bo‘lsa ham, qo‘shimcha kontraktda o‘qishi mumkin. Faqat narxi baliga qarab farq qiladi.

Qo‘shimcha kontrakda o‘qishni xohlaganlar qachon ariza berish kerak?

O‘qishga kira olmagan abituriyentlar qo‘shimcha kontraktda o‘qish uchun test natijalari e’lon qilingandan boshlab 1 oy ichida ariza berishi kerak.

Ariza qayerga beriladi?

Qo‘shimcha kontraktda o‘qish istagida bo‘lganlar OTMni Marketing bo‘limiga borib rektori nomiga ariza yozib keladi.

Beshta yo‘nalishdan qaysi birida o‘qish mumkin?

O‘tgan yili istalgan 3 ta yo‘nalishdan birida super-kontraktda o‘qishga ruxsat berilgandi. Joriy yilda ham istalgan beshta yo‘nalishdan birida super kontrakt to‘lab o‘qishga ruxsat berilsa kerak.

Qo‘shimcha kontraktning narxi qancha?

Qo‘shimcha to‘lov-kontrakt miqdori amalda o‘rnatilgan to‘lov-kontrakt miqdoriga nisbatan quyidagi miqdorlarda belgilanadi:

1-toifa
Kirish chizig‘iga 4 ball yetmaganlar nisbatan ancha arzon kontrakt to‘laydi. Jumladan:

1 ballgacha yetmagan abituriyentlar uchun - 1,5 barobar;

1.1 balldan 2 ballgacha yetmaganlar uchun - 2,0 barobar;

2.1 balldan 3 ballgacha yetmaganlar uchun - 2,5 barobar;

3.1 balldan 4 ballgacha yetmaganlar uchun - 3,0 barobar.

Masalan, kirish bali 130 bo‘lgan deylik. 129 ball to‘plagan abituriyent kontraktning 1,5 barobarini to‘laydi. Masalan, asli 8 mln so‘m kontrakt bo‘lsa, 12 mln so‘m to‘lasa kifoya.

128,9 ball olgan abituriyent esa 2 barobarini to‘laydi, ya’ni 16 mln so‘m. Va h.k.

2-toifa

56,7 balldan
ko‘p to‘plagan, lekin kirish chizig‘iga 4 balldan ko‘proq yetmay qolgan abituriyentlar kontrakt summasining 8 yo 10 baravaridan oshiq miqdorda to‘laydi.

Masalan, yana o‘sha kirish 130 ball bo‘lgan yo‘nalishni misol qilib olsak, 125,9 balldan kam 56,7 balldan ko‘p to‘plaganlar 2-toifaga tushadi.

Joriy yilda 2-toifa uchun narxlar hali tasdiqlanmadi. Shuningdek, joriy yildan super-kontrakt narxlarini OTMlar o‘zlari mustaqil belgilashadi.

3-toifa

56,7 balldan kam to‘plaganlar
(masalan, 1 ball bo‘lsa ham) 2-toifadagi super-kontrakt miqdorining 2 barobarini to‘lab o‘qishlari mumkin. Masalan, oddiy super-kontrakt 10 barobar bo‘lsa, 56,7 balldan kam to‘plaganlar 20 barobar to‘lab, super-muper kontraktda o‘qishi mumkin.

Qo‘shimcha kontrakt har yili to‘lanadimi yoki bir marta?

Bir marta to‘lanadi. 1-o‘quv yilini tugatgandan so‘ng keyingi yillarda el qatori oddiy kontraktni to‘lab o‘qishadi.

Super-kontraktni bo‘lib-bo‘lib to‘lasa bo‘ladimi?

O‘tgan yili super-kontraktni yil davomida ikkiga bo‘lib yoki hattoki oylarga bo‘lib to‘lash imkoniyati ham berilgan edi. Joriy yilda ham berilsa kerak.

Super-kontrakt uchun ta’lim krediti olsa bo‘ladimi?

Yo‘q, super-kontrakt uchun ta’lim krediti berish amaldagi qonunchilikda belgilanmagan. Lekin banklar bozor narxlarida o‘z kreditlarini taklif etishi mumkin.

ESLATMA: 10 yoki 20 barobar degani bu eng kam oylik ish haqiga nisbatan emas, o‘sha yo‘nalishdagi stipendiyasiz kontrakt narxiga nisbatan. Ya’ni stipendiyasiz kontrakt 8 mln so‘m bo‘lsa, 10 barobar bo‘lganda qo‘shimcha kontrakt uchun 70 mln so‘m to‘lanadi.

Barcha abituriyentlarga ulashing!

@DTM_Official_Uz
Batafsil ma'lumot: https://t.me/joinchat/yq1HCpaCT9dlNjgy