Get Mystery Box with random crypto!

​​ Texnikumni bitirganlar OTMlarga imtihonsiz 2-kursga talabal | DAVLAT TEST MARKAZI | DTMUZB | RASMIYDTM

​​ Texnikumni bitirganlar OTMlarga imtihonsiz 2-kursga talabalikka qabul qilinadimi?

JAVOB:
Ha, xuddi shunday.

2019-yil 6-sentabrdagi “Professional taʼlim tizimini yanada takomillashtirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” PF-5812-son Prezident farmoniga muvofiq ana shunday qoida belgilab qoʻyilgan.

Yaʼni texnikumlarda oʻrta maxsus taʼlim dasturlarini muvaffaqiyatli tamomlagan bitiruvchilar oʻz sohasiga mos bakalavriat taʼlim yoʻnalishlari boʻyicha KIRISH IMTIHONLARISIZ yakka tartibdagi suhbat orqali oliy taʼlim muassasalarida 2-KURSDAN oʻqishini davom ettirish huquqiga ega boʻladi.

Texnikumlarda 2 yildan kam boʻlmagan muddatda davlat buyurtmasi yoki toʻlov-kontrakt asosida oʻqish mumkin.

Koʻp sonli abituriyentlar va ularning ota-onalari murojaatlarini inobatga olgan holda kollej va texnikumlarga hujjatlarni qabul qilish muddati 2021-yil 25-sentabrga (shu kuni ham) qadar uzaytirildi.

Abituriyentlardan hujjatlar quyidagi saytlar orqali onlayn qabul qilinadi:

kollejlarga kollej.edu.uz

texnikumlarga texnikum.edu.uz.

Elektron platformada quyidagilar soʻraladi:

Elektron ariza toʻldiriladi;
Umumtaʼlim maktabining 11-sinfni tugatganligini tasdiqlovchi attestat (elektron) nusxasi yoki oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlim muassasasini tamomlaganligi toʻgʻrisidagi diplom (elektron) nusxasi yuklanadi;
pasport maʼlumotlari kiritiladi.

Barcha abituriyentlarga ulashing!

@DTM_Official_Uz
Batafsil ma'lumot: https://t.me/joinchat/yq1HCpaCT9dlNjgy