Get Mystery Box with random crypto!

#E'LON Milliy rassomlik va dizayn institutiga o‘qishni ko‘chi | DAVLAT TEST MARKAZI | DTMUZB | RASMIYDTM

#E'LON

Milliy rassomlik va dizayn institutiga o‘qishni ko‘chirish bo‘yicha imtihonlar sanasi aniq bo‘ldi

Xorijiy hamda nodavlat OTMdan o‘qishini MRDIga ko‘chirish istagida ro‘yxatdan o‘tgan talabgorlar uchun KASBIY (IJODIY) IMTIHONLAR 27-avgust kuni o‘tkaziladi.

Manzil: Toshkent shahar, Mirobod tumani, Mironshoh ko‘chasi 123-uy. Institut bosh binosi.

Talabgorlar kasbiy (ijodiy) imtihonlarga soat 8:00 dan kechikmasdan quyidagilarni o‘zlari bilan birga olib kelishlari so‘raladi:

mo‘yqalam, bo‘yoq kabi zaruriy vositalar (qog‘oz, loy va xolst institut tomonidan beriladi);

shaxsni tasdiqlovchi hujjat;

abituriyent qayd varaqasi.

Shuningdek, institutga hujjat topshirgan xorijiy fuqarolar uchun KIRISH SUHBATI ham 27-AVGUST kuni oʻtkaziladi.

Xorijiy fuqarolar esa faqat SHAXSINI TASDIQLOVCHI HUJJAT bilan soat 10:00 dan kechikmasdan kelishlari lozim.

Barcha abituriyentlarga ulashing!

@DTM_Official_Uz
Batafsil ma'lumot: https://t.me/joinchat/yq1HCpaCT9dlNjgy