Get Mystery Box with random crypto!

O‘zbekiston Respublikasining davlat bayrog‘i 1991 yil 18 noyab | Davlat Ramzlari Uz ✔️

O‘zbekiston Respublikasining davlat bayrog‘i 1991 yil 18 noyabrda qabul qilingan bo‘lib, u xalqaro munosabatlarda O‘zbekiston Respublikasining timsoli hisoblanadi. Bayroqdagi to‘q moviy rang mangu osmon va obihayot ramzi bo‘lib, bu — yaxshilikni, donishmandlikni, halollikni, shon-shuhrat va sadoqatni bildiradi. Amir Temur davlati bayrog‘ining rangi ham moviy rangda edi.
Oq rang – muqaddas tinchlik ramzi bo‘lib, poklik, beg‘uborlik, soflik, ichki go‘zallikka intilishning timsoli.
Yashil rang – tabiatning yangilanish ramzi.
Qizil chiziqlar esa tomirimizda jo‘shib oqayotgan ajdodlar qoni — hayotiy qudrat, barqarorlik va bardavomlik nishonasidir.
Navqiron yarim oy tasviri bizning tarixiy an'analarimiz bilan bog‘liq bo‘lib, u qo‘lga kiritilgan mustaqilligimiz ramzi sanaladi.
O‘zbekiston Respublikasi Davlat bayrog‘idagi 12 yulduz tasviri ham tarixiy an'analarimiz, qadimgi yilnomamizga bevosita aloqador.

Kanalga ulaning
https://t.me/joinchat/AAAAAEu98Oh4SoN_N-2r9w