Get Mystery Box with random crypto!

Hurmatli vatandoshlar va soha xodimlari! Beqiyos va go'zal | DAVLAT KADASTRLARI PALATASI

Hurmatli vatandoshlar va soha xodimlari!

Beqiyos va go'zal diyorimizda mana 31 yildirki, bo'layotgan ulkan o'zgarishlar, ko'plab sohalarda amalga oshirilayotgan tub islohotlar, aholi ijtimoiy himoyasiga qaratilayotgan yuksak e'tibor, yoshlarga nisbatan olib borilayotgan oqilona siyosat Yangi O'zbekiston nomini jahon arenalarida bir necha pog'ona yuqoriga olib chiqqanining guvohi bo'lib turibmiz.
Bunda shubhasiz, eng ulug' va aziz ne'mat - mustaqillikning ahamiyati beqiyosdir.
Fursatdan foydalanib, Davlat kadastrlari palatasi siz azizlarni istiqlolimizning 31 yillik ayyomi bilan chin dildan qutlaydi! Ushbu munavvar ayyomda oilangizni tinchlik-farovonlik, qalbingizni bayram shukuhi, xonadonlaringizni esa qut-baraka aslo tark etmasin!

Bag'rikeng va dono xalqimiz birdamligi aslo yo'qolmasin, mustaqilligimiz doimo abadiy bo'lsin!

Davlat kadastrlari palatasi
raisi Mohir Valiyev