Get Mystery Box with random crypto!

Dasturlashni boshlayotganlar uchun foydali 5 sayt Junior da | DATA | ISH

Dasturlashni boshlayotganlar uchun foydali 5 sayt

Junior dasturchilar kod yozganda duch keladigan har bir muammoga internetda yechim bor. Quyida o’sha yechimlar yig’ilgan top 5 saytni keltirdik.

stackoverflow.com — bu internetdagi dasturlash bo’yicha eng katta savollar bazasi. Siz uchragan deyarli xar bir muammoga shu saytda yechim topa olasiz.

codeproject.com — bu sayt StackOverflow’ga o’xshash, ammo savol-javobdan tashqari foydali maqolalarga ham ega. Shuning uchun saytda turli yechimlar topib, ular qanday ishlashini ham batafsil bilib olasiz.

cyberforum.ru — judayam ko’plab tayyor yechimlar, kod tahlillari va turli xatolarning muhokamalari mavjud, va bularning barchasi rus tilida. Sayt 2000-yilda ish boshlagani va deyarli o’zgartirilmagani uchun tashqi ko’rinishi unchalik ham zamonaviy emas.

doka.guide — bu platformada oddiy savol-javoblar yo’q. Buning o’rniga u yerdan HTML, CSS, JavaScript bo’yicha deyarli barcha materiallarni topa olasiz.

habr.com/ru/flows/develop/ — bu ro’yxatimizdagi rus tilida ham savol berish, ham foydali ma’lumotlar topish mumkin bo’lgan yagona sayt. Saytga registratsiyadan o’tib, lentani o’z qiziqishlaringizga moslashingiz ham mumkin.

Siz yana qanday saytlarni bilasiz? Izohlarda yozib qoldiring.

@data_learning_centre
@data_ish