Get Mystery Box with random crypto!

Ingliz tilini kompyuter yordamida o’rgatish Zamonaviy texno | Dasturlash sohasi

Ingliz tilini kompyuter yordamida o’rgatish

Zamonaviy texnologiyalar asrida yashayotgan ekanmiz, nafaqat ta’limda, balki boshqa barcha yo’nalishlarda ham kompyuter texnologiyalaridan ustalik bilan foydalanish yuqori samarali natija beradi. Ayniqsa ingliz tilini kompyuter texnologiyalari yordamida o’rgatish tizimi o’zining yuqori darajadagi samaradorligi bilan ajralib turadi.

Yoshlarga ingliz tilini kompyuter orqali o’rgatish uchun birinchi navbatda o’qituvchining o’zi kompyuter texnologiyalaridan professional darajada foydalana oladigan bo’lishi kerak. Bu darajadagi foydalanishga nafaqat kompyuterning mavjud imkoniyatlaridan to’liq foydalana olish, balki u asosida yangi o’quv dasturlarini tashkil eta olish ham kiradi. Bunday darajadagi pedagog bo’lish uchun har bir chet tili o’qituvchisi zamonaviy texnologiyalar sohasi bo’yicha o’z ustida ko’proq ishlashi zarur.

Ingliz tilini kompyuter yordamida o’rgatishning an’anaviy o’rgatish usullariga nisbatan bir necha ustunlik jihatlari bor.

Birinchi navbatda, kompyuter asosida ingliz tilini o’rganayotgan o’quvchida tilning to’rt yo’nalishida (gapirish, tinglab tushunish, yozish va o’qish) o’z ko’nikmalarini sinovdan o’tkazish imkoni bo’ladi. Hozirgi vaqtda rivojlangan dasturlar yordamida buning imkoni bor. Faqat bu usuldagi ta’limga o’quvchini to’g’ri yo’naltira olish kerak.

Bundan tashqari kompyuter yordamida chet tillarini o’qitishda o’rgatilayotgan har bir qoida, har bir so’z, har bir tushuncha birligi o’quvchi xotirasida yaxshiroq saqlanishi isbotlangan. Tabiiyki, kompyuterning boy grafik imkoniyatlari, holatlarga oid ma’lumotlarni ovozli, matnli, tasvirli va video ko’rinishda yetkazib bera olishi kompyuter orqali chet tillarini o’qitishni eng samarali usullardan biriga aylantiradi.

Kompyuterda internet tarmog’ining mavjudligi esa ingliz tilini kompyuter yordamida o’rgatishni yanada samaraliroq qiladi. Bunda o’quvchilar nafaqat kompyuterdagi sun’iy aql yordamida til o’rganishi, balki internet orqali jonli muloqot yordamida boshqa til o’rganuvchilar bilan aloqa qilish orqali o’z ko’nikmalarini rivojlantirishi mumkin.

Ushbu yo’nalishga barcha ingliz tili ustozlari, umuman barcha xorijiy tillar o’qituvchilarining jiddiy yondoshishlari bugungi kun talabi, deb hisoblayman.
Manba Azamat.uz dan olindi

Dasturlash sohasi