Get Mystery Box with random crypto!

Dasturchi bo’lib ishlash uchun ingliz tili zarurmi Ertami kec | Dasturlash sohasi

Dasturchi bo’lib ishlash uchun ingliz tili zarurmi

Ertami kechmi istalgan dasturchi ish jarayonida qaysidir ma’lumotni internetdan qidirishiga to’g’ri keladi. Aynan shu paytda unga ingliz tilidagi resurslar yordamga keladi, chunki deyarli barcha ma’lumotlar ingliz tilida. To’g’ri rus tilida ham ba'zilarini topsa bo’ladi, ammo bu ma’lumot ayni damda eski bo’lishi ham mumkin.

Ko’p o’zbek dasturchilari tomonidan, hech bo’lmaganda texnik terminlarni tushunadigan darajada bilsa yetadi degan gaplarga qisman qo’shilmayman. To’g’ri, agar siz lokal offisda ishlayotgan bo’lsangiz-u Yevropa yoki Amerika mijozlari bilan ishlayotgan bo’lsangiz, asosan mijoz bilan gaplashish qismi menejerga qoladi, bunday holatda to’g’ri bo’lishi mumkin, ammo siz yakka tartibda frilanser bo’lib ishlayotgan bo’lsangiz, bunday holatda mijozlar bilan o’zingiz gaplashishingizga to’g’ri keladi, shunday holatda bemalol so’zlashuv darajasigacha bilishingiz mumkin.

Yana tajribam natijasida shunga e’tibor berdimki, ba’zi o’quv markazlari: Bizda darslar 100% o’zbek tilida o’tiladi, ingliz tilini bilmasangiz ham bo’ladi degan reklamalariga duch keldim. Bu marketingdan boshqa hech narsa emas! O’rganish jarayonizda ingliz tili kerak bo’lmasa ham, 100% ish jarayoningizda kerak bo’ladi.

Dasturlashni o'rganishni nimadan boshlay? degan savolga birinchi bo’lib ingliz tilini o’rganishdan degan bo’lardim.

Bu ma'lumotlar siz uchun foydali bo'lgan bo'lsa, reaksiya bosishni unutmang

@dasturlash_sohasi