Get Mystery Box with random crypto!

Noutbukim koʻproq yashasin desangiz.... Koʻpchilik uzoqroq i | Dasturlash sohasi

Noutbukim koʻproq yashasin desangiz....

Koʻpchilik uzoqroq ishlatishni koʻzlab mashhur brendlarning qimmat noutbuklarini tanlashga harakat qiladi. Lekin har qanday gadjetni ham faqat toʻgʻri ishlatishgina yaxshi ishlashini taʼminlaydi.

Noutbukning koʻngildagidek ishlashi koʻp jihatdan akkumulyatorga bogʻliq. Shuning uchun uni toʻgʻri quvvatlantirish kerak.

Fonda qaysi dasturlar ochiq ekaniga ahamiyat qarating. Ortiqchalarini oʻchiring. Ayrim operatsion tizimlarda quvvatni tejovchi maxsus funksiya mavjud.

Noutbuk toʻliq oʻchishini kutmang. 20 foizga kelishi bilan darrov quvvatni ulang. Yaxshisi noutbuk quvvatlanib boʻlgach, simdan sugʻurib ishlatishga oʻting. Quvvatlanayotgan payti foydalansangiz, batareya qiynaladi.

Agar noutbukingizni biror muddat ishlatmasangiz, masalan safarga ketish oldidan uni uyda qoldirsangiz quvvat foizi toʻliq emas, balki 40-50 atrofida boʻlgani maʼqul. Shuningdek, noutbuk bekordan bekorga internetga ulanib turmasligi lozim.

Noutbuklar sovuq haroratni yoqtirmaydi. Ayniqsa u koʻp ishlab qizib ketganida juda sovuq joyda turmasin. Agar vaziyat taqozosidan noutbuk past haroratli xonada saqlangan boʻlsa, uni darhol yoqmang. Avval iliqroq joyda biroz tursin, soʻng ishga tushiring. Chunki harorat 10 darajadan past boʻlsa, akkumulyatorning yaroqlilik muddati kamayadi. Har qanday batareya ham moʻtadil haroratni yoqtiradi

Dasturlash sohasi