2022-11-05 18:17:10
Oilangizdagi ayollar, ayol ustoz va haqiqatda ranjitib qo'ygan insonlaringizdan uzr so'rang. Va mulozamat ko'rsating. Hayotingizdan tashqaridagi bugun bor ertaga yo'q ayollarga majbur emassiz .
To'g'ri bo'ling. Hech bir tashqaridagi ayol menga e'tibor qilmadi deb sizni yomon ko'rib qolmaydi. Qaytasiga hurmati oshadi. Ishoning. ( men masalan jiddiy, so'ziga, ko'ziga, o'ziga to'g'ri insonlarni hurmat qilaman xoh kichik bo'lsin xoh katta)
Bo'lar- bo'lmas suykalaveradigan qizlardan uzoq bo'ling. Nomahramga teginmang. Hech qachon sizni yengib qo'ymasin.
Hadeb kulavermang, hatti- harakatingiz me'yorida bo'lsin, bachkanalashmang.
Tilingizga bemaza so'zlarni olmang. Ayniqsa jamoat joyida.
Qayta aytaman ayol kishidan bo'lar- bo'lmas uzr so'ramang, yalinmang, ortiqcha yalovlanmang. Erkak kishini har bitta so'zi qimmat turishi kerak. Shu bilan birgalikda gunohi o'ziga tortishmang. Siz gapdan qolib o'z yo'lingizdan ketavering.
Indamay qo'ying
2 views15:17