Get Mystery Box with random crypto!

2023 yil o‘zbek boksi uchun qanday o‘tdi? Boks olami, xususa | Daryo | Sport24

2023 yil o‘zbek boksi uchun qanday o‘tdi?

Boks olami, xususan o‘zbek boksi uchun qizg‘in voqeliklarga boy bo‘lgan 2023 yil ham o‘z yakuniga yetib bormoqda. Ushbu yilda Toshkent shahri tarixda ilk bor kattalar o‘rtasidagi Jahon chempionatini qabul qildi, ayollar o‘rtasidagi dunyo birinchiligida esa o‘zbekistonlik bokschi ilk bor bronza medalga ega chiqdi. Bundan tashqari Osiyo o‘yinlaridagi muvaffaqiyatlar, ko‘plab xalqaro turnirlardagi medallar va eng asosiylaridan biri - Olimpiadaga yo‘llanmalari.

2024 yilda bokschilarni katta voqelik — Parij-2024 Olimpiya o‘yinlari kutib turibdi.

Video davomida esa, O‘zbekiston boks federatsiyasining matbuot xizmati tomonidan tayyorlangan, 2023 yildagi terma jamoa ishtirokidagi xalqaro va nufuzli musobaqalarning sarhisobiga bag‘ishlangan videorolikni tomosha qilishingiz mumkin.

Aʼzo boʻling @Daryo_Sport24