Get Mystery Box with random crypto!

Tunda ishlab charchamaslar... Yarim kecha hamma uxlayotganda | Darkor22 rekruterlik agentligi

Tunda ishlab charchamaslar...

Yarim kecha hamma uxlayotganda kimlardir og'ir mehnat qilishi haqida o'ylab ko'rganmisiz?
Odatda kunduzi ish vaqti 9 soatni tashkil etadi.
Tungi ish vaqti ham 9 soat, ammo....

Tunda ishlash kunduzgiga qaraganda ancha mushkul.
Tunda ishlaydigan odamlar asosan ofitsiantlar, uchuvchilar, tibbiyot xodimlari va o't o'chiruvchilar bo'lishi mumkin.
Sezganingizdek, tungi kasblarning qulayliklari va qiyinchilik tomonlari haqida gaplashamiz.

Qulayliklari:
• Kunduzgi kasblarga qaraganda ko'proq oylik maosh;
• Tungi ishlarda asabiylashish kam bo'ladi; (sokin, mazza, asablaringiz dam oladi. )
• Kunduzi ancha ishlarga ulgurishingiz mumkin. Masalan, sport bilan shug'ullanishga, dam olishga.....

Qiyinchilik tomonlari:
• Uyqu sabab sog'ligingizda ba'zi muammolar paydo bo'lishi mumkin;
• Ba'zi tungi ishlar zerikarli bo'lishi mumkin;
• Ovqatlanish rejimidan bir qancha uzoqlashishingiz mumkin;
• Oilangizga ko'proq vaqt ajrata olmaysiz;
• Agar siz tungi qo'riqchi bo'lsangiz, bu xavfli bo'lishi mumkin.

Tungi smenada ishlab ko'rganlar bormi?
Qanday qiziq taassurotlar bor?
Fikringizni izohlarda qoldiring.

Bizni kuzatishda davom eting.

Telegram | Instagram | Facebook