Get Mystery Box with random crypto!

Dardli satrlar & she'rlar

Telegram kanalining logotibi dardlisatrlar — Dardli satrlar & she'rlar D
Telegram kanalining logotibi dardlisatrlar — Dardli satrlar & she'rlar
Kanal manzili: @dardlisatrlar
Toifalar: Bloglar
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 1

Ratings & Reviews

1.67

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

0

3 stars

1

2 stars

0

1 stars

2


Oxirgi xabar 3

2021-07-24 06:04:21 #sheriyat

TUSHLARINGGA KIRMASLIK UCHUN

Maktublaring bunchalar hazin,
Har satrida koʻzlaring mayus.
Tingladim men alamlar sasin,
Xating toʻla nadomat, afsus.

Taqdir ekan, chidaysan, endi,
Taqdir ekan, qilurman sabr.
Yigʻilaring yupatgim keldi,
Sevgim keldi avvalgi kabi...

Qilarmishman uyqungni bezob
Tushlaringda kezgancha homush.
Tunlaringda tortgancha azob,
Yurarmishsan kunduz faromush.

Kulgilarim yoqarkan umid,
Qizararkan yanogʻing yonib.
Koʻzlaringda chaqnaganda oʻt,
Ketarkansan birdan uygʻonib...

Bilolmadim, bilmadim hanuz,
Buncha sevgi, buncha dard qaydan.
Tushmagandim osmondan yolgʻiz,
Tushmaganding oʻzing ham oydan.

Qarogʻingdan sachratma uchqun,
Unut meni!
Boʻlmagin ermak.
Tushlaringga kirmaslik uchun
Xayolingdan chiqishim kerak.


Oʻtkirbek Muhammadsobir
57 views03:04
Ochish/sharhlash
2021-07-22 11:20:23
#sheriyat

Bilmayman, qaylardan izladim seni,
Izlagan, topganda ne ham qilardim?!
Bir armon qiynaydi tunlari meni –
Yigʻlab janozamga kelsang, oʻlardim…
Oʻylasam, yaqinday tuyular samo,
Yoding borligʻimni yogʻduga belar.
Istamasman baxtsiz boʻlaring, ammo
Baxtli deb oʻylasam, soʻkingim kelar.

Aʼzam Oʻktam
49 views08:20
Ochish/sharhlash