Get Mystery Box with random crypto!

ACHChIQ  HAQIQATLAR 1. Negadir doim ko‘nglimizni og‘ritgandan | 𝙳𝚊𝚛𝚍𝚕𝚒 𝚜𝚘'𝚣𝚕𝚊𝚛𝚒𝚖 🍃 🕊

ACHChIQ  HAQIQATLAR

1. Negadir doim ko‘nglimizni og‘ritgandan emas - ko‘nglimizga qaraydigan insonlardan alamimizni olamiz...

2. Bizni sevganlarga
ozor beramizu - sevmagan insonlarga poyondoz bo‘lamiz...

3. To‘g‘ri yo‘l ko‘rsatganni yomon ko‘ramizu - egri yo‘lga boshlaganni ortidan qolmaymiz...

4. Yaxshi ko‘rgan yaqinlarimizni, kasal birodarlarimizni ko‘rgani borishga vaqtimiz yo‘g‘u, yetti yot begonanikiga oshga borishga vaqt topamiz...

5. Oilasi nochorroq singlimizga yordam bermaymiz, lekin - xalqni ko‘ziga osh qilib ziyofat beramiz...

6. Ota - onamizni haftada bir bora ko‘rib kelishga fursat yo‘q - ammo ulfatlar bilan o‘tirishga har doyim tayyormiz...

7. Ayolimizdan shirin so‘zimizni ayaymizu - lekin ko‘chadagi ayollarga go‘zal kalimalar aytamiz...

8. Ozgina pulimizni yo‘qotib qo‘ysak qancha asabimiz buziladi, ammo vaqtimizni arzimagan kishilar, bekorchi narsalarga sarflayotganimizga achinmaymiz...


Dardli so'zlarim |