Get Mystery Box with random crypto!

OMONAT 77-qism Iroda Muslimga sotib olgan Tilla ziragini kórs | Dardli Sevgi Hikoyalari sherlari

OMONAT
77-qism

Iroda Muslimga sotib olgan Tilla ziragini kórsatadi. -Zanjir deganding lekin qimmatbaho deb buni oldim. Bu arzonroq ham bejirim ekan.
-boshqa narsa olmadingizmi? Hayron bólib sóradi Muslim
- Oldim manabu bejirim ruchka sen uchun hadiya kôrchi yoqarmikin?
-ha juda ajoyib rahmat. Bu ruchkada muhim hujjatlar uchun ishlataman. Yana nima oldingiz? Muslim telefonidagi smslardan kóz uzmay savol berdi?
-bóldi shuni ózi
-bóldimi?! Hayratlandi Muslim demak nimadir notôĝri.
Iroda Muslimga va qólidagi telefonga qarab anglab yetdi va bu nima harid bóyicha smsmi?
-ha lekin....
-qanaqasiga namuncha kóp? Men men faqat shu zirakni oldim xolos. Bu ruchkani plastikdan pul sarflamadim ruchka uchun hadiya deb yonimdan pul berdim.
-bóldi tinchlan ózingni bos..
-yôq qanaqasiga tushunmadim.. esimdan chiqmasidan kartangni qaytaray. .. voy... Yôq.. hamyonimda edi... Shu yerga solgandim... Yôq... Topolmayapman. Karta yóq.. menimcha tushirib qóydim qayerdadir... Ha yoqotibman. Men...
-bóldi óznigni bos hech qisi yóq.
-lekin bu karta limitsiz edi.. men qanday etiborsizlik qildima?? Axir menga ishonib berganding men esa....
-tinchlan dedim hal qilamiz
-qanacha qancha ishlatilibdi hammasini hamma oulingni qaytaraman qanchaligini bilishni hohlayman deya Muslimni qólidan telefonni olib kóradi -axir bu 20 millon sómga yaqin bu juda katta pul qnaqasiga bundy qilishadi a qanaqasiga men hammasini qaytaraman....
-tinchlan seni aybing yóq ol suv ich va ózingga kel hopmi ózingni aybdor his qilma bankka habar qilamiz kartani muzlatishadi.

Irodani ôzini aybdor his qilib kuni bilan hech narsa yemadi. Buni bilgan Muslim tunda Yeĝlayotgan Iroda xonasiga kirdi.
- nim uchun hech nars yemayapsan? Ózingni aybla dedimku. Qara yeĝlayverib kózlaring shishib ketibdi. Yusuf seni bu holatda kôrsa nima deb ôylaydi? Qôy. Unut shuni endi.
-lekin men..
- Sen hozir pul yoqotdim buni qanday tôlayman deb siqilayaosan? Lekin kerak emas tólama? Shunday bólishi kerak ekan bóldi. Qólimizdan hech narsa kelmaydi. Pul bu qólni kiri topiladigan narsa. Lekin Dunyoda bundan ham muhim narsalar bor. Masalan bu uyni aytaylik oltindan bólsin lekin Yusufni kulgisi bólmasa yo akamni huzuri halovati bólmasa bu oltindan qilingan qasrni kimga nima keragi bor?! Men avval qanday edim. Qópol vijdonsiz edim sen kelib meni ózgartirding bu ishingni bu mehrni qanday qaytaraman senga? Hech qachon bu ishingni haqqini hech qachon ôtay olmayman. Shuning uchun siqilma. Ózingni ayblama. Unut shu bólgan ishni.
Muslim shunday deya chóntagidan bejirim qilib ishlangan nafis bir bilaguzukni oldi va - Qóllarini uzat menga deya Irodaga yuzlandi.
-Bu men buni ololmayman...
-bu bir xadiya sen uchun oldim agar buni yoqotsang bu uchun ketgan pulga emas balki hadiyani qadrlamagning uni ehtiyot qilmaganing uchun hafa bólaman.
Hozir yuzingni yuv va ul bul yeb ol. Tôyga oz qoldi atigi 3 kun. Ôzingga kelib ol. Tongda seni bunday kórmay.

Iroda kelishilganidek tongda nonushtaga quvnoq holatda yuzida tabassum bilan tushti. Endigina dasturxondan joy olmoqlchi edi Mahmud uni tóxtatdi.
- Tôxta ôtirma Iroda.. Aaaa yaniii u yergaa ótiiirrtmaa demoqchiydimm senn bu yergaa meni órnimgaa yani Muslimni oldigaa shundoqina yuragi yoniga ótirr chunki endii sizz bir biringizni sevasizzz deyarli bir oilasizzz.
- kerak emas qayerda ôtirishni nima farqi bor axir?
-Akam tóĝri aytayaptilar. Ayollar erlarini chap tarafida shundoqqina yuragi yonida ôtirishi kerak. Raxmat aka.
Iroda majburan joyini alishti. Zaxro va Setora bunga chidolmay dasturxonni tark etishti. Xolida opa kelib tóyga 2 kun qolgani sabab Irodani narsalarni va sarpolarni Muslimni xonasiga kôchirish uchun ruxsat sôradi.
- albatta bugun kôchirishingiz mumkin ertaga ishingiz kóp bólib ulgurmaysiz nikoh kuni sizlar ham mehmonimiz bólasiz u kun uchun boshqa hizmatchilar chaqirtirdim.
- Raxmat sizga Muslimjon.

Xolida opa va Xosiyat sarpolarni joylasharkan Irodani chaqirib bazi narsalarni sórashdi tasodifan Muslim ham xonaga kirdi.

Muallif
#UmmuXadicha
Muallif ruxsatisiz tarqatmang
@Sabrda_miz