Get Mystery Box with random crypto!

OMONAT 73-qism Erta tongda oila dasturxon atrofida ôtirgan va | Dardli Sevgi Hikoyalari sherlari

OMONAT
73-qism

Erta tongda oila dasturxon atrofida ôtirgan vaqt tanish bir ovoz eshitilib eshikdan chiroyli qiz kirib keldi
-Azi sen?!
-Voy Muslim seni juda ham soĝinib ketdimki ular quchoqlashib yuzlaridan ôpib kôrishishdi bu holdan Irodani qattiq jaxli chiqti.
-Mahmud akasi qalaysiz endi, Setora opa siz doimgidek gôzalsiz gôzal, ha siz adashmasam Zaxro siz ham gôzallikda qolishmaysiz. Siz esa tanimadim tanish emasmiz ammo tanishamiz men ôzimni tanishtiray ismim Aziza hamma Azi deb chaqiradi eshitganingizdek deya qólini Irodaga uzatdi
-Salom men Iroda
-ha bu.... Muslimni gapini Azi bóldi
-bilasanmi juda oĝir axvoldaman kampaniya bu yerda yangi kampaniya ochyapman shuni yurgazishda yordam ber ózi hozirgina Italiyadan keldim faqat yóq dema iltimossss yordaminga muhtojmanda Muslimmm
-yaxshi yordam beraman
-Ruxsatingiz bilan men Yusufga qarasam balki uyĝongandir.
-ha men ham ishlarim bor edi deya Setora Iroda ortidan yuqori qavatga chiqti
-juda chiroyli qiz lekin sen buyoĝiga extiyot ból opalik maslahatim
-nima demoqchisiz
-Azi u Muslimni eski sevgilisi buni bilmaysanmi?
-eski sevgilisimi?
-ha Muslim aytmaganmidi. Uzur undan eshitganing yaxshiydi.
-hech qisi yóq ruxsatiz bilan.

Biroz ôtib Iroda ayvonga tushib Muslim va Azini kuzata boshladi. Buni payqagan Muslim Irodani yoniga chaqirdi
-Nega u yerda turibsan yonimzga kel ôtir.
-men bir narsa sôramoqchi...
- taklifnima tanlashimiz kerak edi hohlasang hozir tanlashimiz mumkin.
-Taklifnomami? Men nimanidir qochirdimmi? Nimadan xabarim yôq Muslimbekk
-ha aytgancha sizlar kórisharkan tanishtirishga fursat bôlmadi sen bilmagan holatda qayliĝim bilan tanishding. Iroda bôlajak turmush órtoĝim.
-Nima?! Azir qanaqasiga sen uylanayapsanmi? Demak Muslim Arslonov uylanayaptiii shunaqami? Agar buni kimdandir eshitsam kulib ketardim ishonmasdim. Lekin sen jiddiysan. Sen hech bir ayolga uylanadigandek ishonmasding. Aslo uylanmayman derding nima bóldi birdan
-Asli va aslo deyish kerak emas ekanda Azi
-ha mayli Tabriklayman seni Iroda Muslimni qaday ilintidding bilmadimu baxtli bôl yani bôlinglar.
-raxmat.
-men shoshib kelib hech narsadan habarim yóq. Sovĝa ham olmabman. Hozir vaqtiz yóq menimcha men sen bilan gaplashib vaqting borida kelaman hayr ketdim kuzatish shart emas. Bu ham óz uyim. Kôrishguncha.
-Juda shôx quvnoq qizda bu
-bilindi.
-kel ôtir taklifnoma...
-hozir Yusufga qarashim kerak sen ôzing tanlayver.
Iroda jaxl qilib ketganiga Muslim hayron qoldi siz deyotgandi birdan yana senga ôtdi nima bóldi bu qizga?

Muslim taklifnoma tanlash uchun Irodani kutdi. Oxiri tanlashdi. Nima yozishni ham Ôylashdi. Taklifnomani uydagilarga ham kórsatishdi albatta.

Ertasiga Azi yana keldi va Kechgacha Muslimni ofisida ishlashdi. Iroda qahva olib kirganida ham Muslim unga etibor qilmagani uchun jaxli chiqti va Sardorni oldiga taklifnoma berish uchun ketdi.

Zaxor va Setora Irodani Muslimni qizĝanib Sardor oldiga ketganini bir fursat bilib sardorga ovozni yozib olishni aytishdi. Sardor ham tóyga qarshiligi uchun rozilik bildirdi.

Muslim Azini kuzatgach Irodadan habar olgani kirdi va yóqligidan xavotirlanib qónĝiroq qildi. Iroda javob bermadi sababi u ôtirgan taksini Setora yollab Irodani qôrqitishini aytgandi.
Taksi haydovchisi Irodani aytilgan joyga emas boshqa joyga olib borib hushomat qila boshladi mashina eshiklarini qulflab yuqori tezlikda harakatlandi Iroda qattiq qôrquvga tushti. Telefoni jiringlaganida olaman dedi ammo haydovchi qólidan tortib oldi va Irodani uyi yaqiniga tashlab telefonini ham yól chetiga uloqtirib ketdi.

Iroda uyga bir ahvolda kirganini kórgan Muslim havotirlanib uni sóroqqa tutdi. Iroda javob bermadi. Axvoli yaxshi emasligini keyin gaplashishini aytdi. Lekin Muslim kónmadi. Nima bôlganini aytmaguningcha yoningdan ketmayman. Kerak bólsa ertalabgacha shu yerda shu holatda turamiz deganidan sónggina unga bor gapni aytib berdi.
-U idam senga zarar berdimi? Senga tegin...
-Yôq hech qanday zarar bermadi faqat qórqitti bu holim ham qórquvdan dedi zórĝa yeĝlagancha Iroda men borib dam olaman.

Muallif
#UmmuXadicha
Muallif ruxsatisiz tarqatmang
@Sabrda_miz