Get Mystery Box with random crypto!

#obed_tayyor Oqsilga boy PP pizza Toʻgʻri ovqatlanish orqal | Darakchi bekajon

#obed_tayyor

Oqsilga boy PP pizza

Toʻgʻri ovqatlanish orqali ozmoqchi boʻlganlar uchun kaloriyasi kam, ammo juda mazali tushlik!

100 gramm uchun - 135,66 kkal

Tarkibi:

Xamir uchun:

- tvorog 5% - 200 g
- tuxum - 1 dona
- un - 2 osh qoshiq.

Bezatish uchun:

- qo'ziqorinlar (xohishga koʻra) - 100 g
- bulgʻor qalampiri - 1 dona.
- pomidor - 1/2 dona
- zaytun (xohishga qarab) - 10 dona
- pishloq - 100 g
- tovuq filesi - 200gr
- koʻkatlar.

Pishirish:

1. Asos: xamir olish uchun barcha ingrediyentlarni aralashtiramiz, pishirish qog'oziga soling va qoshiq bilan tekislang. Oldindan qizdirilgan pechda 180 daraja 15-20 daqiqa davomida pishiring.
2. Soʻngra uni pechdan chiqaramiz, yarimta pomidordan sous tayyorlab suramiz. Qolganlarini esa toʻgʻrab xohishga koʻra ketma-ket terib chiqamiz va 180 g ga 5 daqiqa davomida oldindan qizdirilgan pechga yuboramiz.

Yoqimli ishtaha!

@Darakchibekajon